Ayollarni qanday tushunish mumkin?

Ayolni qanday tushunish mumkin? «Hech qanday» — deysizmi? Biroz shohmang! Bugun Gooper.uz‘da ayollarni tushunish haqida ma’lumot beramiz.

Ayollarni qanday tushunish mumkin?

Ayollar – bu tuyg‘udir, ular uchun munosabatlar va his-hayajonlar muhim hisoblanadi. Erkaklar – harakat, ular dunyoni his-tuyg‘ular emas, obyektlar orqali qabul qilishadi. Ular vazifalarni bajarish va natijaga erishishga ko‘nikishgan. Erkak kishi yechimni izlashi bilan “Buni qanday qilish kerak?”, “Nahotki, unga nimadir yetishmayotgan bo‘lsa?! Aynan nima? Men unga nimani taklif qila olaman?” deya o‘ylay boshlaydi. Ayol bo‘lsa faqat undan tuyg‘ularini ko‘rsatishini kutadi. Odatda erkak qandaydir buyum xarid qilish yoki unga yoqadigan narsani sotib olishi uchun pul sovg‘a qilish bilan bunga javob beradi. Chunki erkak – tabiatan ovchi, o‘zining his-tuyg‘ularini g‘amxo‘rlik orqali ko‘rsatishga o‘rgangan.

Lekin ayollar o‘zini ardoqli, baxtli va sevimli his etishi uchun bu kamlik qiladi. Tashvishga tushgan erkak chim yotqizilgan maysazorni tartibga keltirish, uylarni ta’mirlash, santexnika buyumlari yoki avtomobilni sozlashni taklif qiladi. Agar ayol baribir ham xafa bo‘laversa, u birgalikda futbolga yoki baliq oviga borishga undaydi. Erkaklar shunchaki ayollar ulardan nimani kutishayotganini tushunadigan ahvolda bo‘lishmaydi.


Afsuski, erkaklarning miyasi shunday tuzilganki, birinchi o‘rinda harakat bo‘lib, unga bir yarim shar javob beradi, his-tuyg‘u bo‘lsa mutlaqo alohida, unga ikkinchi yarim shar javob beradi. Erkak faqat bir vazifani hal qilishga qodir, shunday ekan, his-tuyg‘ular bu vaqtda o‘chiriladi. Erkak kishi o‘z tuyg‘ularini ifodalashga qodir emas, u buni kuchsizlikni ko‘rsatish deb qabul qiladi. Ayol kishi aksincha his-tuyg‘ulardan yaratilgan. Shu sababli unda ikkita yarim shar ham javob beradi. Ayol kishi sevgi va yuksak munosabatlarni o‘ylayotgan bir vaqtda erkakni nima qilish kerak, degan savol qiynaydi. U harakat qilishga odatlangan. U moddiy jihat va buyumlar, kutilgan natija nima berishi haqida o‘ylaydi. Ayol kishi sevgi, nazokat, tuyg‘ular, romantika va istaklar ifodalangan so‘zlarni kutadi. U uchun kerakli va sevimli ekanini his etish muhim. Bu barcha buyumlardan afzaldir. U erkak kishi uni tushunishni istamayapti, demak boshqa sevmaydi, deb o‘ylaydi.

Erkaklar o‘z tabiatlariga ko‘ra, shama va yarim pardada aytilgan gaplarni tushunishmaydi, barchasini aynan qabul qilishadi. Ayol kishi erkakka o‘ziga aynan zarur bo‘lgan narsani tushuntirishi kerak. Bunda erkak kishi unga nisbatan nimaiki qilmasin, bularning bari uning sevgisini ko‘rsatadi. Xuddi shuning uchun ayollarni tushunish erkaklarga qiyinchilik tug‘diradi. Ular shunchaki ayollarning o‘zi nimani istayotganini bilmasligini taxmin qilishadi.


Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus