Allaqachon tanish qizga yoqib qolish yo’llari

Tajribali  ko’ngil olish ustalari tanish qizlarni ilintirishga qarshidirlar — odatda bu narsa qizning yoki sening  obro’ingga putur yetkazadigan ortiqcha mish-mishlarga sabab bo’ladi. Biroq u senga yoqsa, va sen tavakkal qilishga tayyor bo’lsang, qanday yo’l tutish kerak? Unda bu qo’llanma sen uchun!



Allaqachon tanish qizga yoqib qolish yo’llari

Sen tanlagan qiz muloqotning birinchi daqiqasidanoq qaror qabul qilishi sen uchun yangilik bo’lishi turgan gap. Yigitlardan birortasini potensial oshiqlar qatoriga qo’shib, u bilan uchrashishni boshlaydi. Boshqalarga esa do’st sifatida qaraydi.


Bu narsa sen o’zingni tutishing unga yoqmasligini bildiradi.



NIMA UCHUN U SEN BILAN EMAS?


O’zingni  o’zgartirishdan avval, aynan nima uchun  o’zgarish kerakligini tushunib olishing darkor.


Yigitlar odatda qanday xatolarga yo’l qo’yadilar?


Ular  go’zal qizni  ko’rishligi bilan, unga chiroyli muomala qilish, yordam berish, ko’nglini  ko’tarish va  ko’proq  e’tibor berish kerak deb o’ylaydilar.


Agar qizning fikrini bilmoqchi  bo’lsangiz, u quyidagilardan iborat  bo’ladi. “U menga haddan


tashqari  ko’p  e’tibor qaratayotgan ekan, demak  bu harakatlarisiz menga yoqmay qolishdan  cho’chiydi. Bundan chiqdi, u  o’z  qadrini bilmaydi va hech kimga kerak emas. O’zining qadriga yetmaydigan  inson bilan birga  bo’lishning menga nima keragi bor?”



Qadring pastligini bilganidan keyin, u seni boshqarishni xohlab qoladi va buni sinab  ko’rmoqchi  bo’ladi. Odatda bunday paytda u sendan  ba’zi narsalarni iltimos qilishi mumkin. Mobodo iltimos qilmasa ham, o’zini  shunday tutadiki, sen o’zingni boshqacha tutishni boshlaysan.


Nihoyat, sen qadringni bilmasligingni va seni boshqara olishini tushunganidan keyin, seni do’stlari toifasiga  qo’shib  qo’yadi.


Ehtimol, u senga jilmayib, chiroyli muomala qilgandir, va sen to’gri yo’l tutganingga ishongansan. Ammo shuni bilginki: qalban u seni hurmat qilmay va erkak sifatida ko’rmay qo’ygan.


Shuningdek, u seni behurmat qilsa-yu (yani qo’ng’iroqlaring va SMSlaringga javob bermasa), so’ngra hech narsa bo’lmaganday gaplashib ketsa, bu ham seni mensimaganidan dalolatdir.



Sen qanday xatolarga yo’l qo’yding?


Fikr yuritib  ko’r  va tegishli xulosalar chiqar. So’ngra  o’zingni  tutishingni butunlay qarama-qarshi tarafga  o’zgartir.



Bu osondek  tuyulishi mumkin, biroq uddasidan chiqish qiyin. Axir u atayin senga chiroyli muomala qiladi va  sen uning rayini qaytarishdan uyalasan, hamda uning navbatdagi hiyla — nayranggiga uchib qolganingni bilmay qolasan.



HAZIL, ISHVA VA PICHING.


Bu uch element tanish qiz bilan muloqotda ishtirok etishi kerak.


Agar xozirgi vaqtga qadar sen u bilan hushmuomala  bo’lgan va unga piching qilmagan bo’lsang, endi bu xatoni to’g’rilash vaqti keldi.


Piching va kesatiqlardan foydalansang, qadr — qimmating o’z-o’zidan oshadi. Qizga uning  go’zalligi sen uchun hech narsa emasligini, sen qizning emas, u sening  e’tiboringni qozonishi kerakligini isbotlagan  bo’lasan.


Ishvani ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ishva nima? Manbalarga murojaat qilsak, uning asl  ma’nosini bilgandek bo’lamiz. Ishva fransuzcha “flirt” so’zining tarjimasi  bo’lib, ma’nosi — sevgi o’yini demakdir. Xullas, sen qiz bilan shunchaki oddiy muloqot qilmasdan, u bilan  o’ynashib, sho’x  holda  ko’nglini olasan. Aytib o’tish kerak, piching ham tannozlikning bir turidir.



MAQSADINGNI KO’RSATIB QO’Y!


Qizlarga faqatgina suhbatdosh emas, balki haqiqiy xushtor kerak. Shuning uchun qiz bilan uchrashganda o’zingni erkak ekanligingni va unga moyilliging borligini bildirib  qo’y.


Uni  qo’lidan ushlashing mumkin. O’zini sening domingga tushganday his qilishi uchun unga uzoq va ishtaha bilan tikilib tur. Boshidan oyog’igacha qarab chiq. Qaraganda ham uyalib, sezib qolishidan  cho’chib emas, balki dadillik bilan, kerak  bo’lsa bezbetlarcha qara.


Ba’zan unga  qo’ng’iroq  qilib ish bo’yicha emas, birga dam olish uchun uchrashuvga taklif et. Masalan, kino, park va boshqa ko’ngil ochar joylarga borishingiz mumkin.



Eslatma: qizlarga  bo’sh-bayo’v  yigitlar emas, haqiqiy erkaklar yoqadi. Shuning uchun yuqoridagi maslahatlarga amal qilishing shart, aks holda sening niyating uning g’ashiga tegadi.



NARI-BERI – BU  ZO’R!


“Nari-beri”  — bu qizlarni ilintirishning ajoyib usuli. Uning mohiyati sening qizga nisbatan munosabatingni almashinib turishidadir. Oldiniga sen u bilan qiziqib qolganingni ko’rsatasan, unga tez-tez qaraysan, muloqotlarda tashabbus ko’rsatasan. Ozgina vaqtdan keyin to’satdan sovuqqon  bo’lib qolasan, u tarafga qayrilib ham qaramaysan, uning gapiga ham, hatti-harakatiga ham be’etibor  bo’lasan, qo’ng’iroq va SMS lariga deyarli javob bermaysan.


Bu usulni  qo’llashing  juda muhim. Chunki, agar qiz u bilan doim birga bo’lishingni bilsa, uning oldidagi qadr-qimmating tushib ketadi.


Shuningdek, munosabatlarni doimo u emas, sen boshqarishingni bildirib qo’yishing kerak. “Nari-beri”siz buni ko’rsatishning ilojisi yo’q, chunki qiz ham doimo  o’zining o’yinini olib boradi.


Bu usulni  qo’llashning asosiy qonuni- “nari” qilishdan cho’chimaslik  kerak.



UNI RAQOBATLASHISHGA MAJBUR  ET!


Boshqa qizlar bilan uning ko’z o’ngida muloqot qil.


Raqobat hissi uni senga boshqacha ko’z bilan qarashga majbur etadi. Hozirgi vaqtga qadar u seni yigiti sifatida tasavvur qila olmagan bo’lsa ham, endi sen unga yoqa boshlaysan.


Axir boshqa qizlar senda nimadir topishgan  bo’lsa, demak u ham topadi.



Nihoyat, sen uni  o’zingniki qilib olsang, tilingni tiyib yurushing kerak. Ishqiy munosabatlaringiz haqida umumiy tanishlaringizga gapirib yurma, chunki u maxfiy  bo’lishi kerak. Aks holda qiz sendan uzoqlashadi va yaqiniga  yo’latmay  qo’yadi.



Gooper.uz uchun maxsus