O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi engil, o`rtacha og`ir va og`ir o`tayotgan bemorlarni davolash standartlari tasdiqlanadi hamda fuqarolarga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro`yxati shakllantiriladi. Ular koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo`yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida aks etgan, deb yozmoqda «Darakchi.uz» nashri.
