Avtokreditga talab juda yuqori bo’lib kundan kunga banklar shartlarini qisqartirib foiz stavkalarini kamaytirib bormoqda. Ko’p mijozlar o’ylanib o’tirishadi avtokredit olsam yutqazmaymanmi yoki qimmatga tushib ketmaymanmi deb, aksincha agar sizda xozirdan kredit olib qo’ysangiz infilatsiya hisobiga va narxlar oshishiga yutqazmaysiz balkim yutishiz mumkin mana misol uchun, 1 avgustga qadar avtokredit olishga ulgurgan mijozlar endi xursand bo’lishayabdi oshgan narxi bilan bir xil bo’lib qoldi xuddi % foiz to’lamayotgandayman deyishadi, ha to’grida chunki kundan kunga narxlar oshib bormoqda.
Endi mavzuga qaytadigan bo’lsak sizga avtokredit olish uchun qanaqa hujjatlar kerakligini sanab o’tamiz.
1) Kreditni olish uchun ariza;
2) Belgilangan tartibda o‘rnatilgan, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (mehnat staji 6 oydan kam bo‘lmasligi kerak);
3) Mijozning shaxsini va turar joyini tasdiqlovchi hujjatning asl nushasi, undan Kredit bo‘limining xodimi tomonidan nusha olinadi;
4) Turar joyidan ma’lumotnoma (mahalla komitetidan).
5) Avtomobilni yetkazib berish haqidagi shartnoma.