Artel kompaniyasini tashkil etish uchun qancha sarflangan?

Artel kompaniyasini tashkil etish uchun qancha sarflangan?


Artel – bu O’zbekistonda texnika vositalarini ishlab chiqaruvchi o’zbek kompaniyasi. Kompaniya asoschisi O’zbekistondagi mashhur biznesmen, Akfa, MediaPark, Atlas, Dream City singari yirik kompaniyalar egasi va hozirda Toshkent hokimi lavozimida faoliyat olib boruvchi Jahongir Ortiqxo’jayev.


Uning aytishicha, Artel kompaniyasini tashkil etish uchun Akfa kompaniyasi pullaridan ajratilgan. Umuman olganda, 2011-yili asos solingan Artel kompaniyasi uchun $1,5 mln sarflangan ekan. Eng qiziqarlisi, kompaniya o’z faoliyatini omborxonada boshlagan va deyarli bir yilgacha hechqanday sotuvlarsiz faoliyat olib borgan.