Sirka qo’shib qaynatib, dog’larga, sutli toshmalar va sepkilga surtilsa, 15 kunda foyda qiladi.
Uning talqonini sovuq suv bilan ichilsa, ko’ngil aynishi qoladi.
Talqoni 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalansa, yo’tal qoladi, kishini xursand qiladi va ko’krakdagi chiqindilarni chiqaradi.
Bachadon, buyrak va shishlarga foyda qiladi.
Me’da, jigar va istisqoga (vodyanka) foyda qiladi.
Bir choy qoshig’idagi dolchinni bir stakan qaynoq suvga qo’shish, yarim soatdan so’ng ikki choy qoshig’ida asal qo’shib aralashtirish va 10-12 soatga muzlatgichga qo’yish. Ushbuning yarim stakanini nahorga, qolgan yarmini uyquga yotish oldidan ichish nihoyatda foydalidir.
Uni ovqatga qo’shib har kuni iste’mol qilib turish hamma uchun foydali. Lekin faqat kimda dolchinga sezgirlik kuchli bo’lsa, bunday kishiga uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari homilador va emizuvchi ayollarga ham dolchin tavsiya etilmaydi.
Qattiq qovurilgan taom yoki yegulik iste’mol qilingach, dolchin qo’shilgan choy ichilsa, ovqat hazm bo’lishi yaxshilanib, ichaklarda yog’ to’planishi yuzaga kelmaydi.
Dolchinda magniy ko’p bo’lib, bu modda kayfiyat o’zgaruvchanligini nazorat qiladi. Qolaversa, dolchindagi birikmalar yaxshi kayfiyat uchun javobgar gormonlarni faollashtiradi.
Dolchin antibakterial ta’sirga ham ega bo’lib, milk yallig’lanishini bartaraf etadi. hatto, tish emalini turli zararlanishlardan himoyalashi ham mumkin. Bundan tashqari, og’iz bo’shlig’ini tozalab, yoqimsiz hidlardan halos etadi.