Smartfonlar va planshetlar bola uchun qanchalik xavfli?

Bugungi kunda elektron moslamalar inson dunyoga kelishidan unga hamroh bo`lib kelmoqda. Hozirgi axborot asrida ham yangi xavfli tahlikalar paydo bo`la boshladi.

Boston universitetidagi pediatrlar jamoasi bir tadqiqot o`tkazishdi: bir guruh bolalarga yoshligidan elektron moslamalar berishdi, boshqa bir guruh bolalarga esa – kechroq. Natijada ikkita guruhdagi bolalarda emotsional va ijtimoiy rivojlanishidagi farqlar ko`rindi.


Ushbu tajribadan kelib chiqqan holda, tadqiqotchilar smartfon va planshetlar bolaning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi – degan fikrga kelishdi. Buning sababi shundaki, elektron moslamalar bolaning o`zini boshqarishiga, rivojlanishga xalaqit qilib, natijada, bolani emotsional beqaror o`sishiga olib keladi.

Shunday misol keltirish mumkin: ko`p hollarda ota-onalar o`z farzandini tinchlantirish uchungina unga gadjet berishadi. Biroq bu holatda suv osti toshlar bekilgan, bunday holatda bolalar o`z his-tuyg`ularni boshqarishga intilmasdan, ular shunchaki qiziq narsaga e`tiborini qaratishadi. Natijada, o`ziga bola kerak bo`lgan rivojlanishni ololmaydi.

Smartfon va planshetlarning faol ishlatilishi bolani tashqi dunyodan o`zoqlashishiga olib keladi. Bunday bolalarda rahm, shavqat va mehr, oqibat sifatlari past bo`ladi.

Albatta, har doim ham elektron moslamalar zararli emas. Boshqa tadqiqot shuni ko`rsatdiki, maktab yoshiga etkan bolalar uchun elektron kitoblar foydalidir. Qog`ozli kitoblar singari, elektron kitoblar ham bolada so`z boyligini oshirishda va fantaziyasini kengaytirishda yordam berar ekan.

Olimlar smartfon va planshetlarni “halqaro yovuzlik” deb atashga shoshilmayaptilar. Ushbu masalada gap ota-onalar tomonidan nazorat haqida ketishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, ota-onalar komp`yuter o`yinlarini va teleko`rsatuv tomoshalarini chegaralagandek, bolalarning elektron moslamalardan foydalanish vaqtlarini ham boshqarishlari kerak.

Manba: Naked-Science