Agar siz ayol bo’lsangiz va siz doimo muzlasangiz, bu normaldir. Agar siz erkak bo’lsangiz va ayolingiz sovuq yesa, uni tezda issiting, issiq choy bering va adiyolga o’rang. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ayollar harorat o’zgarishiga erkaklarga qaraganda sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun bir qancha sabablari bor.
Ko’pincha erkaklar ayollarning qo’llari va oyoqlari muzlaganini eshitishadi. Bu holat ajablanarli emas, chunki ayolning qo’l-oyoqlari erkaklarnikiga qaraganda 3 darajagacha sovuqroq ekan. Bu 1998-yilda aniqlangan va o’sha vaqtdan beri hech nima o’zgarmagan. Buning sababi shundaki, birinchi navbatda, ichki organlarni isitish kerak, qo’l va oyoq esa bunga to’lashga majbur. Ammo bu faqatgina yarmi.
Merilend olimlarining ta’kidlashicha, qo’llar va oyoqlar sovuq bo’lib, umumiy harorat esa yuqori bo’ladi. Ularning tadqiqoti shuni ko’rsatdiki, ayollar tanasining o’rtacha harorati erkak tanasidan 0,03 darajasi yuqori ekan. Bu juda kamdek ko’rinadi, ammo bunday farq tufayli, sovuq havoning harakatlari sezilarli darajada bo’ladi.
Bundan tashqari, ayol tanasida ko’proq yog’ bor ekan. O’rtacha ayollarda erkaklardan ko’ra, ularda kamroq mushaklar va ko’roq yog’lar bo’ladi. Aynan mushaklar issiqlik hosil qiluvchi tana a’zolaridir. Shuning uchun ayollar doimo parxezlar qilishadi va sovuqham yeyishadi. Bu adolatsizlik, shunday emasmi? Lekin boshqa hech narsa qilib bo’lmaydi.
Boshqa katta adolatsizlik – bu metabolizmdir. Erkaklarda bu ayollarga nisbatan 23 foizga tezroq ekan. Metabolizm oziq-ovqatni energiyaga aylantirishga ta’sir qiladi, shuning uchun erkaklarning vazni nazorat ostida ushlash ham oson va yana tezroq isishi ham mumkin.
Ammo bularning barchasi xafa bo’lish uchun sabab emas.
Ayollarning tez-tez muzlashi – bu tabiatning ayyor rejasidir toki ular mazzali choy bilan isinishi, yumshoq junli adyolga o’rashi, issiq kiyimlar kiyishi va eng muhimi, sevgan insonlarga yaqin bo’lishi uchundir ))) Shunday ekan, Isining!