Turmushda o’zbek ayolini bir nechta
turga ajratib ko’rsa bo’ladi.
1. Kelin ayol
Bu kabi ayollar yoshligidan faqat kelin
bo’lishga o’rgatiladi. Ular uchun qaynona-qaynotaga xizmat hayotda qilish birinchi o’rinda turadi. Bolasi
yig’lab turgan bo’lsa ham, qaynonasi
aytgan chuchvarani qilib qo’yish bunday
ayollar uchun eng birlamchi vazifadir.
Turmush o’rto’giga ham qaynona-qaynotasining o’g’lidek qaraydi. Ya’ni,
erining ehtiyoji qaynona- qaynotasining
ehtiyojidan kelib chiqqan holda baholanadi. «Kelin» ayol turmush
o’rto’gi bilan alohida chiqib ketsa, turmushida kelishmovchiliklar ko’payadi, chunki bu ayollar qaynona- qaynotalik uyda yashashga moslashgan. Ularning eri boshida ota-onamga yaxshi xizmat
qilyapti deb xursand bo’lsa, borib-borib
o’ziga va farzandlarga bo’lgan bee’tiborlikdan nolishni boshlaydi.
2. Tili shirin ayol
Bunday ayollar tili bilan hammani o’ziga qaratay oladi. Uyning kirligi, bolalarning muammolari, ovqatning bemazaligi
ayolning shirin tili bilan qoplanib ketadi.
Ularni urishgan taqdirda ham uydagi vaziyat o’zgarmaydi, lekin og’zidan bol tomib, «ho’p bo’ladi» degan gapi bu kabi ayollarga hamma narsani kechirishga
undaydi. Ular uy ishiga yo’q, farzandlari
tarbiyasiga befarq bo’ladilar. Bu kabi vazifalar asosan erining bo’ynida bo’ladi. Eri esa «tili shirin» ayolining shirin so’ziga mahliyo bo’lib hamma
ishni o’z bo’ynida ko’tarib kun kechiradi.
Bunday erkaklar odatda ishda katta muvaffaqaiyatlarga erisha olmaydilar,
chunki fikri-hayoli uy muammolarida bo’ladi.
3. Aqlli ayol
Bunday ayollar erkak uchun haqiqiy turmush o’rtoqdir. Ular erining har bir ehtiyojini oldindan seza biladilar.
Bunday ayollarning uylari saramjon, bollari sarishta bo’ladi. Aqlli ayolning uyidan baraka arimaydi. Lekin tili shirin
ayollardan farqli o’laroq bunday ayollarning tili ham ba’zida chaqqonlik
qilib turadi. Bu esa hech bir erkakka yoqmaydi.
4. Go’zal ayol
Go’zal ayol uchun eng muhimi uning tashqi ko’rinishidir. Bunday ayollar saharlab turib sochini turmaklashga,
bo’yanishga erinmaydilar. «Go’zal ayol» ning eri ishdan kelishiga shirin ovqat
yemasa ham, go’zal ayolini ko’radi. Uylar toza bo’lmasligi, bolaning darsi qilinmagan bo’lishi, ovqat tuzi ko’p bo’lib qolishi bu kabi ayollar uchun hech gap emas, lekin uni hech qachon
bo’yanmagan yoki sochi
turmaklanmagan holatda ko’rmaysiz.
5. O’g’il bola ayol
Bu ayollar uyda hamma narsani eplaydilar. Bozor-uchar ham, buzilgan rakovina ham, tushib ketgan javonni
tuzatish ham ularning qo’lidan keladi. Kerak bo’lsa, pul topish ham bunday ayollar zimmasida bo’ladi. Ular ayollik vazifasini biroz unutib, o’zini erkaklarcha tutadilar. Ular hamma narsaga ulguradi va ko’pincha boy bo’ladi. Yonida erkak bo’lsa, u odatda bo’sh va yumshoq bo’ladi. Bunday ayollar oilasida o’sayotgan bolalar
turmushni biroz teskari qabul qiladilar. Ular uchun hayotdagi erkak va ayol o’rni almashib qolgan bo’ladi.
6. Aybdor ayol
Bunday ayollar oramizda juda ko’p. Ular hammani oldida o’zini kamsitaveradilar.
Eri ursa ham, yursa ham o’zini aybdor deb biladi, qaynonasi jahl qilsa, o’zidan ayb qidiradi. Bunday ayollar o’zini
astoyidil kamsitgani tufayli ko’p ish
qiladilar. Tinmay ish qiladilar. Bollariga
ham yalinib yuradilar. Bollari bu kabi ayollarni odatda hurmat qilmay o’sadi. Ular hammadan gap eshitib yuradi va
hammani ko’zida hech narsaga yaramaydigan bo’lib ko’rinadilar.
Ularning umr vazifasi o’z «ayb»ini yuvib
yashashdir. Buning uchun esa ular ish qilishdan to’xtamaydilar.
7. Ideal ayol.
Bu kabi ayol haqida har bir erkak orzu qiladi. Ular o’z ichiga «kelin», «tili shirin», «aqlli», «go’zal», «o’g’il bola», «aybdor»
ayollarni hislatlarini qisman qamrab
olgan bo’ladi. Natijada kerak bo’lganda
kerakli fazilatni ko’rsata oladigan ideal ayolni chiqadi. Ideal ayol bo’lish hammaning qo’lidan
keladi, buning uchun yuqoridagi barcha
fazilatlarga ega bo’lib, vaziyatdan kelib
chiqqan holda ularni namoyon etishni
bilmog’i kerak.