Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga beriladigan mukofot pullari

Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari eʼlon qilindi


Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegasiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘z nutqida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Tokio-2020 Olimpiadasidagi mukofot pullari amalda o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi.


Ya’ni, Olimpiada chempionlari 200 000 AQSH dollari, kumush medal sohiblari 100 000, bronza medal sovrindorlari esa 50 000 dollarga ega bo‘ladi.