Til haqida maqollar
Til bor bol keltirar, til bor balo keltirar.
Tig‘ yarasi bitadi – til yarasi bitmaydi.
O‘ziga boqma – so‘ziga boq.
Til yaxshisi boyitar, til yomoni zor etar.
Til – dil jarchisi.
So‘zning boyligi – odamning chiroyligi.
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
Yaxshi so‘z suyuntirar, yomon so‘z kuyuntirar.
Yomon gap tarsakidan yomon.
Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
Arslon izidan, yigit so‘zidan qaytmaydi.
Yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqadi –
Yomon so‘z bilan pichoq qinidan chiqadi.
Til tig‘I qilich tig‘idan o‘tkir.
Shirin so‘z shakardan shirin.
Bir yaxshi gap esdan chiqmas, bir yomon gap.
Til – dil tarjimoni.
Taom lazzati o‘zida – odam lazzati so‘zida.
Yomon so‘z egasiga qaytar.
Tilga e’tibor – elga e’tibor.
So‘zdan so‘zning farqi bor, ottiz ikki narxi bor.
Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.
Til – aql tarozisi.
Yaxshi so‘z jon ozig‘I – yomon so‘z bosh qozig‘i.
Ming chechanni bir ezma yengar.
Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
Oz gapir – soz gapir.
Til – dil kaliti.
Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
Yomon so‘zning qanoti bor.
Odobning boshi til.
Ariqni suv bezar – odamni so‘z.
So‘z ko‘rki maqol.
Til – aql bezagi.
Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin.
Sen ham bir og‘izdan, siz ham bir og‘izdan chiqadi.
Tili nopokning o‘zi nopok.
Yomonning yaxshi so‘zidan yaxshining yomon so‘zi yaxshi.
So‘z inson ziynati.
Ochiq til osh yedirar, achchiq til tosh yedirar.
Yaxshining so‘zi toshni eritar,
Yomonning so‘zi boshni chiritar.
Ovqatni tuz mazali qilar, odamni so‘z.