Til haqida Alisher Navoiy hikmatlari

Til va so‘z haqida Alisher Navoiy hikmatlari to‘plami.



Odamiy til bila sayr hayvondin mumtoz bo‘lur va ham anning bila sayr insonga sarafroz bo‘lur.


* * *



Tilkiy,fasifu dilnazir bo‘lgay,xubroq bo‘lgay ,agar ko‘ngul bilda bir bo‘lgay.


* * *



Ko‘ngil maxzanining qufli til va ul maxzanining kalitin so‘z bil!


* * *


Saodat baxsh rux ziloliga manba’ ham til,shaxovat naxs kavkabiga matla’ ham til.


* * *


Yomon tillik ,andox kim er kungliga jarohat yetkurur,uz boshiga ham ofat yetkurur.


* * *


Tiling bila ko‘nglimni bir tut,kungli-yu tili bir kishi aytgan so‘zga but.!


* * *


Kimki ko‘ngilni qattiq so‘z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko‘ngiida til nayzasining jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas.


* * *


So‘zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; «nafasning joni bor…


* * *


Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi.


* * *


Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.


* * *


Til-bu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir.


* * *


Jahon ummonida haqiqiy durdona bu –so‘z.


* * *


Inson jismi bir gulshan bo‘lsa, til uning xush ovoz bulbulidir.


* * *


Til- ko‘ngil xazinasining qulfi, so‘zni esa uning kaliti deb bil.


* * *


Til tig‘idan jarohatlangan ko‘ngilga muloyim so‘z va shirin til malham va davodir.