Freelance saytlarida ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
💠 Muomala
Har doim mijoz bilan gaplashishda muomalaga e’tibor qarating. Lekin muomalarni «oshirib» ham yubormang. Savollariga to’laqonli javob bering. Mijoz ishingizdan shubhalanmasin.
💠Qo’shimcha kontaktlar
Mijozning telefon raqamini va telegram-akkauntini oling. Sababi ba’zi holatlarda saytning o’zida gaplashish noqulay yoki telefonni ko’tarmay qolish holatlar bo’ladi.
💠 Avans olib ishlang va deadline kelishini kutmang
Buyurtmani olganda avans oling. Ammo shuni biling-ki, loyihani bajarishga ko’zingiz yetmasa yoki deadline tugashiga 1 kun qoladigan bo’lsa, avans olib o’tirmang. Sababi uni yeb ichib yuborishingiz mumkin va loyiha bitmasa pulni qaytarish kerak bo’ladi.
📱https://t.me/ITmavzu