Qibray
Qibray tumani — Toshkent viloyatiga tegishli bo’lgan bu tuman, 1933 — yilda Orjonikidze nomi bilan tashkil etiladi. Bu tuman 1963-yilda tugatiladi va bir yil o’tib qaytadan joriy etiladi.
Tuman nomining etimologiyasi: qozoqlarning dulat qabilasining bir urug’i gibiray deb atalgan. Bu urug’ vakillari afsonaviy Qibiray botirdan tarqagan ekan. Sadir Sadirbekovning 1994-yilda «O‘zbekiston» nashriyotida qozoq tilida bosilgan «Qozoq shajarasi» kitobida shu haqda gap boradi.
Hozir ham tumanning 8,5%ini qozoq xalqi tashkil qiladi.