Dunyoda va O’zbekistondagi o’ta qashshoqlik darajasi qanday
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib har kuni 25 ming kishi ochlikdan o‘lmoqda va ularning ko‘pchiligi bolalardir. Sayyoramizning deyarli 1 milliard aholisi kuniga $2 ga qanoat qilishga majbur, 2,5 milliard kishining daromadi esa kuniga $3 dan oshmaydi.
Dunyoda o’ta qashshoqlar ya’ni kunlik daromadi $1,90 dan kamlar soni va ummiy aholiga nisbatan foyizi quyidagicha:
— Hindositon 103 mln kishi(5-10%);
— Nigeriya 91 mln kishi (40-50%);
— Kongo DR 67,2 mln(70%);
— Tanzaniya 29,2 mln(40-50%);
— Efiopiya 27 mln(20-30%);
— Madagaskar 21,8 mln(70%);
— Mozambik 19,7 mln(50-70%);
— Yaman 19,6 mln(50-70%);
— Uganda 18,7 mln(30-40%);
— Venesuela, Angola 17,9 mln(50-70%);
Afsuski O’zbekistonda 1,4 mln aholi o’ta qashshoq ekan va bu ummumiy aholining 4,1% ekan.