Chaqaloqlarda najas rangini yashil bo’lishi sabablari

Yangi tug’ulgan chaqaloqlarda najas rangining yashil bo’lishi ko’p hollarda norma hisoblanadi. Agar bolajonni bezovta qiluvchi sabab bo’lmasa, u sog’lom bo’lsa, faol bo’lsa, rangdan tashqari hech qanday shubha bo’lmasa, demak bu holat norma.


Agar chaqaloq injiqlik, xiralik qilsa, uni tezda vrach Pediatrga ko’rsatish zarur, muammo sababini tezda aniqlab davolashni boshlash kerak.


Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:


1)   Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga


2)   Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga


3)   Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga


4)   Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)


5)   Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)


6)   Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.


7)   Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.


8)   Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)


Farzandlarimiz bizni kelajagimiz, ularga doim e’tirborli bo’laylik!