Astronomiyada juda katta masofalarni oʻlchash va ifodalash uchun quyidagi maxsus masofa birliklari qoʻllaniladi: astronomik birlik, yorugʻlik yili hamda parsek.
Astronomik birlik (a.b.) — Yer va Quyosh oʻrtasidagi masofa.
Yorugʻlik yili (yor.yil.) — yorugʻlikning bir tropik yil muddatda bosib oʻtadigan yili.
Parsek¹(pk)—yillik parallaksi bir soniyaga teng boʻlgan (boshqacha aytganda, Yer orbitasining oʻrtacha radiusi bir sekund burchak ostida koʻrinadigan) masofa.
Jadvalda ushbu birliklar orasidagi munosabatlar keltirilgan.
orbita.uz
Izoh :
1 astronomik birlik = 1.49600·10¹¹ metr = 149 600 000 kilometr;
1 yorugʻlik yili = 9.4605·10¹⁵ metr = 9.4605·10¹² kilometr ≈ 63239.7 a.b. ≈ 0.306595 pk;
1 parsek = 3.0857 ·10¹⁶ metr = 3.0857·10¹³ kilometr ≈ 206265 a.b.
¹Parallaks va sekunda soʻzlarining dastlabki boʻgʻinidan keltirib chiqarilgan.
Yillik parallaks — Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan uning Yer shari bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanishi tufayli makon boʻylab harakatlanishi natijasida osmon yoritkichlarining fazo sferasidagi koʻrinish joyining oʻzgarishi.
Maqola orbita.uz saytidan olindi. Original maqola → Astronomiyada qo‘llaniladigan masofa birliklari
Muqova surat: freepik.com