Matematikani oʻrganishning eng qiyin qismlaridan biri bu — lugʻat. Aytmoqchimanki, “vektor”, “integral”, “diskriminant”, “asimptota”, “pangolin” kabi atamalar odamni bir qarashda qoʻrqitib yuboradi.
E, shoshmang, pangolin deysizmi, bu axir hayvon nomi-ku. Roʻyxatimga adashib kirib qolganga oʻxshaydi.
Shunday boʻlsa ham, matematik soʻzlar chet tilidek koʻrinadi. Negaligini bilish uchun yangi soʻzni qanday oʻrganishingiz haqida oʻylang. Keling, bizga notanish soʻz yoki atamani oʻrganishni “mushuk” soʻzini taʼriflash orqali koʻrib chiqamiz:
Avval, uning maʼnosini shunchaki vaziyatdan kelib chiqib tanlashingiz mumkin:
mathwithbaddrawings.com
Yoki ikkinchisi, kimdir sizga uning maʼnosini aytishi mumkin:
mathwithbaddrawings.com
Ammo bir holatda taʼrifni oʻrganish uchun doimgidan koʻproq kuch talab qilinadi: taʼriflanayotgan jism haqida oldin tushunchangiz boʻlmasa. Bu holda taʼriflashni oʻrganish oldindan bilgan narsangizni tezda nomlash emas.
Uni sizga ancha puxta tanishtirish kerak boʻladi:
mathwithbaddrawings.com
Matematik terminlar aynan shu uchinchi holatga tegishli boʻladi. Ular koʻrinmas, mavhum va bir vaqtning oʻzida juda aniq gʻoyalarning nomlari boʻladi. Aytaylik, “hosila” — hatto mushuklardan ham juda gʻaroyib va nozik narsa.
Bu esa aytmoqchi boʻlgan fikrimga olib keladi: bizning matematik jamiyatimiz buni aynan teskarisiga qabul qiladi.
Biz yangi atamani mavhumlik bilan taʼriflashga oʻrganib qolganmiz. Uni binafsharang kiyim-kechakdek yuqori darajali soʻzlar bilan oʻrayman va hech kim matoning tagida kim borligini bilmaydi. Ancha yaxshiroq usul esa — ragʻbatlantiradigan namunalarni koʻrsatib, soʻng taʼrifni berish.
“Mushuk” boʻlmasa, mushukni qanday taʼriflash mumkin? Toʻgʻri, buning iloji yoʻq.
Muallif: Ben Orlin. Ushbu maqola mathwithbaddrawings.com saytidagi “Defining “Cat” Without the Cat” nomli maqolaning tarjimasi.