Mana bir yil boʻldiki, ushbu tvit haqida hali ham oʻylayapman:
mathwithbaddrawings.com
Pifagor ajoyib boʻlgan. Telba soʻfiy. Sadoqatli din yetakchisi. Loviyani yomon koʻradigan vegetarian. Haqiqiy inson (balki).
Lekin u bizga Pifagor Teoremasini bermagan (iya, buyogʻi qiziq boʻldi-ku).
Unda nega uning nomini olgan? Yaxshi savol. Keling birlashamiz va qadimgi teoremaga yaxshiroq nom uchun ovoz beramiz! Bu haqiqatan nomining oʻzgarishiga sabab boʻlishi uchun emas, balki bu qiziq munozara boʻlgani uchun!
Kim men bilan?!
Eʼtiboringizga quyidagi nomlarni havola etaman, ular Ben Gambrext (yuqoridagi tvit egasi, AQShlik bankir) va bu mavzudagi boshqa aqlli odamlardan kelgan:
Uch kvadrat teoremasi. Biz uni raqamlar haqidagi daʼvo deb bilsak-da, koʻplab matematik madaniyatlar uchun u shakllar toʻgʻrisidagi daʼvo boʻlgan. Aqllilar uchun: agar toʻgʻri uchburchakning tomonlariga kvadratlar qoʻshilsa, ikkita kichik kvadratning yuzalari yigʻindisi kattasinikiga teng boʻladi.
mathwithbaddrawings.com