Agar real hayotda nimanidir qilmasangiz yoki aytmasangiz, bunga onlayn-jamiyatda ham amal qiling.
“Netiket” bu — onlayn-muloqot davomida amal qilish kerak boʻlgan etiket qoidalari.
Darslaringizning onlayn-muhokama forumlarida hurmat va muloyimlik bilan bilimli inson sifatida post qoʻyish uchun quyidagi 15 netiket qoidaga amal qiling.
Onlayn-muhokama forumida savol joylashdan oldin, kimdir shu savolni yuqorida berganini va savolga javobni olgan-olmaganini tekshiring. Haqiqiy hayotda hozirgina yechimini topgan savolingizni yana qaytadan muhokama qilmaganingiz kabi, forumlarda ham shunga amal qiling.
Mavzudan chetga chiqmang! Keraksiz havola, izoh, fikr yoki rasmlarni joylashtirmang.
Toʻliq BOSH HARFLARDA yozmang! Aks holda boshqalarda xuddi qichqirayotgan yoki baqirayotgandek tushuncha uygʻotasiz.
Gʻazabli yoki kinoyali tushunish mumkin boʻlgan hech nima, hatto, hazil ham yozmang. Chunki sizning ovozingizni eshitmasdan tengdoshlaringiz hazil qilayotganingizni tushunmasliklari mumkin.
Boshqa oʻrganuvchilardan yordam soʻrab murojaat qilganingizda, “Iltimos” va “Rahmat” soʻzlarini aytishni unutmang.
Boshqa oʻrganuvchilarning fikrlarini hurmat qiling. Agar bahs-munozaraga duch kelsangiz, bahs davomida boshqalarga hurmat bilan munosabatda boʻling va ular tomonidan keltirilgan dalillarni toʻgʻri qabul qiling. Boshqalarning ham mavzu boʻyicha oʻz qarashiga ega boʻlishga haqqi borligini yodda tuting.
Guruhdoshingizning savoliga javob berayotganingizda, javobingiz aniq ekanligiga ishonch hosil qiling! Agar 100 % ishonchingiz komil boʻlmasa, TAXMIN QILMANG! Aks holda, guruhdoshlaringiz uchun barchasini chigallashtirib yuborishingiz mumkin va buning uchun ular minnatdor boʻlishmaydi, albatta.
Agar savol berganingizda koʻpchilik javob bersa, barcha javoblarni umumlashtirib, butun guruhga foyda keltirishi uchun oʻz xulosangizni joylashtiring.
Qisqacha fikr bildiring. Agar oddiy savolga javoban uzun dissertatsiya yozsangiz, kimdir bularning barchasini oʻqishga vaqt ajratishi ehtimoli juda past.
Boshqalarni haqorat qilmang va ularni ahmoq demang. Siz ularning fikrlariga qoʻshilmasligingiz mumkin, lekin insonni shaxsiyatiga tegishi mumkin boʻlgan soʻzlarni ishlatmang.
Agar suhbat davomida guruhdoshingiz aytganlariga ishora qilmoqchi boʻlsangiz, boshqalar orqaga qaytib, qaysi xabarga ishora qilayotganingizni qidirmasliklari uchun oʻsha postdan qisqacha iqtibos keltiring.
Savol berishdan oldin, javob aniq yoki topish oson ekanligini aniqlash uchun guruhning tez-tez soʻraladigan savollarni (FAQ) tekshirib koʻring.
Eski izohga javob berishdan oldin eng yangi izohlarni tekshirganingiz ma’qul, chunki muammo allaqachon hal qilingan yoki fikrlar oʻzgargan boʻlishi mumkin.
Kechirimli boʻling. Agar guruhdoshingiz xato qilsa, buning uchun uni ayblamang. Shunchaki, xulosa chiqaring va muammo hal.
Forumda biror narsa joylashdan oldin imloviy va grammatik tekshiruv oʻtkazing. Bu kam vaqt oladi hamda sizning bilimsiz inson sifatida koʻrinishingizning oldini oladi.
Bosh barmoq qoidasi: agar real hayotda nimanidir qilmasangiz yoki aytmasangiz, bunga onlayn-jamiyatda ham amal qiling.
Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Onlayn-muhokama forumlari uchun 15 ta netiket qoida.