Hol salomatlik uchun zararlimi?
Hol – melanin pigmentining bir joyda to‘planib qolishi va u salomatlik uchun xavfli emas.
❗️Biroq onkolog Aleksandr Seryakovning aytishicha, ba’zi holga o‘xshash dog‘lar teri saratonining belgisi bo‘lishi ham mumkin.
Quyidagi holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim:
▪️agar dog‘ning shakli va qavariqlari o‘zgarsa;
▪️u bor joyda tuklar to‘kilsa;
▪️o‘rnida yaralar paydo bo‘lsa.