Marketing nima?
Marketing — biznesga foyda olish uchun mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va qondirishga yordam beradigan faoliyat.
Masalan, kompaniya yangi mahsulot chiqaradi va bu haqda mijozlarga aytib beradi, aksiyani ishga tushiradi, bonuslar taklif qiladi yoki foydali kontent tayyorlaydi — biznesning mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qiladigan har qanday harakati marketing deb ataladi.
Marketing vazifalari:
• Bozor holatini tahlil qilish;
• Muayyan sohada mijozlar ehtiyojlarini o’rganish;
• Bozorda raqobatchilar va narx siyosatini tahlil qilish;
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish;
• Kompaniyaning assortimenti va narx siyosatini shakllantirish;
• Tovar va xizmatlarni onlayn va oflayn targ’ib qilish;
• Sotish hajmini oshirish;
• Kompaniyaning imidji va obro’sini shakllantirish.
👉 @ITmavzu