O’zbekistondan chiqishiga vaqtincha cheklov qo’yilganligi holatini qanday tekshirish mumkin?

O’zbekistondan chiqishiga vaqtincha cheklov qo’yilganligi holatini qanday tekshirish mumkin? 😏


Umuman olganda cheklovlar taqiq tasodifan (bu ma’lumotlar bazasida ism-sharifda xatolik bo’lishi mumkin) yoki to’lanmagan kommunal to’lovlar, soliqlar yoki kreditlar borligi sababi bilan joylashtirilishi mumkin.


❗️Aeroportdagi roʻyxatdan oʻtishda havotir olmaslik uchun O’zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov qo’yilganligi holatini tekshirishning bir necha oson usullari:


1. MyGov.uz (https://my.gov.uz/ru/service/412) sayti — pasport raqami va JSHSHIR orqali onlayn tekshirishingiz mumkin

2. MIB saytida (https://www.mib.uz/yqfpxbRP0SvvuTIJB_6KTyFhiVh-LqB0w6vHmDAXAKQsIl6x1yWN5TIAfWDd2pllvZpdsjyEh0PhkmOJIMx_24qBfJ_Li009KVr-uOehKASFOy3VsJ8DIQ/yqf6d/BfJb5) — JSHSHIR, Telegram bot @mibuzbot orqali onlayn tekshirishingiz mumkin

3. Aeroportdagi jo‘natish terminalidagi ma’lumot stolida (MIB) (24/7 ishlamoqda, o‘sha yerda to‘lovini ham amalga oshirishingiz mumkin)