Quyidagi sabablarga koʻra, onlayn ta’limga boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda…
Hozirgi paytga kelib maktab yoki universitetdagi dars mashgʻulotlariga qatnasha olmayotgan talabalar uchun onlayn ta’lim eng maqbul yechimga aylandi. Oxirgi yillarda onlayn ta’lim tizimi ancha takomillashgani bois u ba’zida sinfda oʻqituvchi bilan yuzma-yuz oʻtiladigan an’anaviy darslardan koʻra foydaliroq boʻlmoqda. Bu, albatta, barchamiz uchun foydali.
Babson / Kollej Kengashi 2012-yilda olib borgan kuzatuvlariga koʻra, onlayn taʼlimning ijobiy ta’siri oʻquvchilarda juda tez namoyon boʻladi: oz vaqt ichida ularning baholari yaxshilana boshlaydi. Shuningdek, tadqiqotda ma’lum boʻlishicha 77% fan olimlari onlayn taʼlimni anʼanaviy taʼlim bilan bir xil yoki undan ustunroq, deb hisoblashlarini aytishdi. Ta’lim tizimining 69% yetakchilari kelajakda oʻquv tizimini onlayn tarzda boʻlishini aytishdi.
Learning House tomonidan 2018-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, anʼanaviy va onlayn kurslarda oqigan talabalarning 85% i onlayn ta’limdan mamnunligini aytishdi. Ularning 37% i onlayn oʻquv tizimini afzal deb topishdi.
freepik.com
Onlayn ta’lim tizimining anʼanaviy tizimdan yaxshiligini isbotlovchi boshqa faktlar ham bisyor. Misol uchun, Britaniya oliy ta’limi boshqaruvi tomonidan NSS (Milliy talabalar soʻrovnomasi) da oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, Esseks universiteti taklif etayotgan onlayn ilmiy darajalar butun Britaniya boʻyicha 18% ni egalladi.
Kaliforniyada onlayn tarzda tahsil olgan birinchi kurs talabalarining huquqshunoslik fanidan oʻtish koʻrsatkichi sinf darslarida qatnashgan oʻquvchilarnikidan ikki barobar oshiq edi (34,8% ga 17,1%). Bundan tashqari, Perdyu universitetining mamlakatdagi ilk butunlay onlayn tizimga oʻtgan Konkord huquqshunoslik maktabi aynan yuqoridagi imtihon boʻyicha eng yuqorioʻtish koʻrsatkichi — 45% ni tashkil etgan.
Kaplan Test Prep olib borgan kuzatuvlar bilim olishda oʻqituvchi bilan boʻlgan muloqot katta ahamiyatga egaligini va darsning onlayn tarzda olib borilishi bunga yomon ta’sir qilmasligini tasdiqlagan. Ikkala ta’lim tizimidagi darslarda qatnashgan oʻquvchilar ular orasida deyarli farq yoʻqligini, shuningdek, sinfdagi darslardan koʻra onlayn darslar vaqtni tejashini va shu sababli yaxshiroq ekanligini ta’kidlashgan.
Gellap tomonidan aprelda olib borilgan kuzatuvlar esa Western Governors universiteti (WGU) taklif etgan onlayn darslarga qatnashgan oʻquvchilarning ishga kirish koʻrsatkichi boshqalarga qaraganda 20% ortiq boʻlgan. Bundan tashqari, ularning aksariyati eng mehnatsevar va qobiliyatli ishchilar deb topilgan. Bugungi kunda, WGU eng yuqori koʻrsatkichlarni koʻrsatayotgan universitetlar sirasiga kiradi. Koʻplab bitiruvchilar universitetdagi mutahasisslar ularni ruhlantira olgani, fanga qiziqish uygʻotolganini aytishadi.
Kundan kunga onlayn ta’limni tanlayotgan talabalar soni oshib borayotganining asosiy sabablari quyidagilardir:
— Onlayn kurslar talabalarga qachon va qay tarzda bilim olishni tanlash imkonini berishi.
— Darslarda har xil multimedia mahsulotlarining ishlatilishi, onlayn chat orqali oʻqituvchi va sinfdoshlari bilan istalgan vaqtda bogʻlanish uchun yetarlicha sharoitlar borligi;
— Oʻquvchining tez-tez imtihonlardan oʻtib turishi va bu orqali oʻqituvchiga oʻquvchining darslarni qay darajada oʻzlashtirayotganini kuzatib borishi mumkinligi.
freepik.com
Men Kolumbiya biznes maktabining olti haftalik onlayn dasturini tanlaganimda, bularning barini boshdan oʻtkazdim. Tez-tez sayohatlarga chiqishim, yosh oilam borligi sababli faqat onlayn kurslarda oʻqiy olardim. Bu kurs vaqtni tejash va yangi amaliyotlarni oʻrganishimda mislsiz koʻmakchi sifatida ishonchimni oqladi: samolyotda oʻtirgan paytimda telefonimdagi maʼruzalarni koʻrish, shanba kuni ertalab kurs ishini yozishni boshlab, uni yakshanba kuni kechqurun topshirish imkonini berdi. Qolaversa, har chorshanbada dunyoning har qaysi chekkasidan kelgan professor va talabalar bilan jonli onlayn darslarda ishtirok etardim. Bu men oʻrganib qolgan anʼanaviy darslardan umuman boshqacha edi. Onlayn tizimda tahsil olish anchayin samarali, deb hisoblayman. Sababi, aynan u hozirga hayotim va karyeramga yoʻl ochib berdi.
Oʻquvchilar tobora onlayn kurslarni sinfdagi darslardan koʻra afzal koʻrisharkan, “onlayn ta’limmi yoki anʼanaviy oʻqitish tizimimi?” degan savolga oʻrin qolmaydi. Undan koʻra qanday qilib onlayn tizimni yanada rivojlantirish haqida bosh qotirish kerak.
Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Onlayn ta’lim: yaxshidan eng yaxshigacha.