Bolani bog‘chaga qanday tayyorlash kerak?

Bolani bog‘chaga qanday tayyorlash kerak?🧐

Bog‘chaga ketishda bolalar qo‘lingizga mahkam yopishib baqirmasligi, jazavaga tushmasligi uchun ruhshunoslar va bunday davrni boshlaridan kechirgan tajribali ota-onalarning maslahatlarini o‘qishni taklif qilamiz.


1-qoida. Oldindan to‘g‘ri rejimga o‘ting


Farzandingiz gangib qolmasligi uchun, siz uni oldindan ertaroq yotish va ertaroq turishga o‘rgatishingiz kerak. Agar u kunduzi uxlamaslikka odatlangan bo‘lsa, siz bolaga “osoyishtalik soati” to‘g‘risida tushuntiring.


2-qoida. Bog‘chaning ijobiy va salbiy tomonlari haqida aytib bering


Bog‘cha haqida bolaga to‘g‘risini — u yerda o‘yinchoqlar ham, bolalar ham ko‘pligini, bu masalada ayrim qiyinchiliklar tug‘ilishini ayting. Va kimdir uni xafa qilsa, osoyishtalik soatida hojatxonaga chiqqisi kelsa va boshqa muammolar chiqsa nima qilish kerakligini tushuntiring.


3-qoida.


Bola bog‘chaga bora boshlagandan keyin uni har doim o‘z vaqtida olishga harakat qiling. Agar siz bolani olishga kechikib borsangiz, u o‘zini tashlab ketilgandek his qilishi mumkin. Chunki bu hissiyot bolalar uchun eng qo‘rqinchlisi hisoblanadi.


4-qoida. Tarbiyachi bilan tanishing


Agar siz tarbiyachi bilan oldindan tanishsangiz o‘zingizga ham, farzandingizga ham osonroq bo‘ladi. Bu ayol sizning erkatoyingizga qarab turishini, uni ovqatlantirishi va kiyintirishini esingizdan chiqarmang.


5-qoida. Koyimang, aksincha, maqtang


Kechqurun bog‘chadan keyin qilgan ortiqcha injiqliklari yoki to‘polonchiligi uchun bolalarni koyimang. Ularni dadilligi va jasurligi uchun maqtang, bog‘chada nima voqealar bo‘lgani haqida tez-tez surishtirib turing va umuman — vaqtingizni ko‘proq birga o‘tkazing!