Ertalabki nonushtaning afzalliklari

Ertalabki nonushtaning afzalliklari


➥ Miya faoliyati uchun. Ertalab nonushta qilsangiz, kun davomida xabarlarni eslab qolish qobiliyatingiz oshadi.


➥ Immunitetni oshiradi. Har kuni nonushta qilishga odatlansangiz, immunitetingiz oshadi, natijada turli kasalliklarga chalinmaysiz.


➥ Ishingiz unadi. Chunki sizda energiya zaxirasi paydo bo‘lib, ishlash layoqatingiz 30 foizga oshadi.


➥ Organizm faollashadi. Qancha kech nonushta qilsangiz, shuncha kech ish boshlaysiz va organizm dangasalashadi.


➥ Kuch bag‘ishlaydi. Agar siz tongda hech narsa yemaslikka odatlangan bo‘lsangiz, kundan kunga organizmingiz kuchsizlanadi.


➥ Go‘zallik uchun. Agar ertalab nonushta qilmasangiz, organizmingiz uyqudan «uyg‘onmaydi» va harakatga kirishmaydi. Natijada yog‘ yig‘iladi va ular soch, yuzlaringizda aks etadi