Ichaklar faoliyatini qanday yaxshilash mumkin?

Ichaklar faoliyatini qanday yaxshilash mumkin?


Ichak mikroflorasini tartibga solish uchun sog‘lom ovqatlanish muhimdir.


🥬 Yetarlicha kletchatka iste’mol qiling. Donlar, sabzavotlar, ko‘katlar, yong‘oqlar, urug‘lar, meva va rezavorlar kletchatka manbaidir.


🍋 Antioksidantlar — organizmni oksidlovchi stressdan himoya qiluvchi moddalar — ichak mikroflorasining holatiga bevosita bog‘liq. Manbalari: ko‘katlar, olcha, olxo‘ri, kivi, baqlajon, olma va nok, qora shokolad, yashil choy, kakao, apelsin va greypfurt sharbatlari.


🐟 Omega-3 muhim. Bu yog‘ kislotalari hamma uchun zarurdir. Ular foydali bakteriyalar sonini ko‘paytiradi va organizmdagi yallig‘lanishni kamaytiradi, bu mikrobioma holatiga ijobiy ta’sir qiladi.


🥛 Fermentlangan mahsulotlarni kanda qilmang. Yogurt, kefir, kimchi va boshqa fermentlangan ovqatlar ichak mikroflorasini holatini yaxshilaydigan laktobakteriyalar manbai hisoblanadi.


🍰 Shirinliklardan voz keching. Sichqonlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shakarni iste’mol qilish ichak mikrobiomasiga salbiy ta’sir qiladi. Aspartam kabi sun’iy qo‘shimchalar ham ichak mikroflorasini buzadi.


@taomlanish_ilmi