Issiq xonada uxlash zararli
✅ Uyqu uchun qulay havo harorati 23 ° C dan oshmasligi kerak. Pastki chegara 16-19 ° S dan pastga tushmasligi kerak. Bu organizmning issiqlik taqsimlash tizimiga (termoregulyatsiya) bog‘liq.
😨 Dam olish paytida tana harorati pasayadi va issiqlik markazdan atrofga qayta taqsimlanadi. Agar xona juda issiq bo‘lsa, havo quruq bo‘ladi va bu holat burun shilliq qavatini bezovta qila boshlaydi.
🥵 Juda iliq xonada uxlashni yaxshi ko‘radigan odamlarda surunkali charchoq, asabiylashish kuchayadi.