Sabzi sharbati boʻyni oʻstiradimi?
🥕 Sabzili sharbat juda foydali. Sababi uning tarkibida koʻp miqdorda A vitamini boʻlib, bolaning oʻsishi va koʻrish faoliyatiga yaxshi taʼsir etadi.
🎗Lekin sabzili sharbatni ham keragidan ortiq isteʼmol qilish zarar, chunki koʻpchilik hollarda ushbu sharbatni koʻp isteʼmol qilish natijasida bolaning terisi sargʻayishi mumkin.
🔘 Bolaning ilk yoshidayoq koʻp miqdorda meva va undan tayyorlangan sharbatlarni berish tavsiya etilmaydi. Sababi ularning oziqaviylik qiymati yuqori emas. Koʻpincha, bola ichak faoliyatining buzilishi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.