👀 (https://telegra.ph/file/0023fa6fe78c6a263485c.png)Telegramda sirli xabarlar yozish
Telegram’da yangilik: endi umumiy chatlarda privat (sirli) xabarlar yuborish mumkin. Ularni faqatgina siz ruxsat bergan foydalanuvchilar ko‘ra oladilar.
Buning ishlash tartibi quyidagicha:
1️⃣. Botni ishga tushiramiz (https://t.me/hidethisbot)va u bilan muloqot qilish oynasidan chiqamiz, u bizga ortiq kerak bo‘lmaydi.
2️⃣. Endi chatga o‘tamiz va xabarni quyidagi formatda yozamiz: «@hidethisbot matn @user».
• Bu yerda «MATN» — bu xabarning o‘zi, «user» esa — yashirin kontentni ko‘rishga ruxsat berish yoki taqiqlash rejalashtirilgan foydalanuvchi havolasi (username).
3️⃣. Username kiritilishi bilan, sizib chiquvchi oynada: «For» yoki «Except» rejimlaridan birini tanlash kerak bo‘ladi. Birinchi buyruq birovga xabarni ko‘rishga ruxsat beradi, ikkinchisi — taqiqlaydi.
4️⃣. Rejimni tanlashingiz bilanoq — xabar avtomatik ravishda yuboriladi.
📝 Manba: @bugnotfeature