Prebiotik va probiotiklar haqida

Prebiotik va probiotiklar haqida


Prebiotiklar — oshqozon-ichak tizimining yuqori qismida hazm bo‘lmaydigan va so‘rilmaydigan, ammo yo‘g‘on ichak mikroflorasi tomonidan fermentlanadigan va uning o‘sishi va hayotiy faoliyatini rag‘batlantiradigan oziq-ovqat komponentlaridir.

Prebiotiklarning asosiy xususiyati organizm uchun foydali bo‘lgan ichak mikroflorasini rag‘batlantirishdir.


Probiotiklar — jonli, odamlar uchun foydali bo‘lgan, patogen va toksik ta’sirga ega bo‘lmagan tirik mikroorganizmlardir. Ularni preparat shaklida yoki oziq-ovqat mahsulotlarini bir qismi sifatida iste’mol qilish — inson tanasiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.


Qisqasi, probiotiklar prebiotiklar bilan oziqlanadi. Probiotiklar esa normal mikroflora uchun muhim va kasallik chaqiruvchi bakteriyalarga qarshi kurashadi.


Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)