Nega YouTube Oʻzbekistonga pul toʻlashni toʻxtatdi?
Joriy yil aprel oy boshlaridan YouTube videoxostingida oʻz sahifasiga ega blogerlar daromadi keskin kamayib ketdi. Buning asosiy sababi YouTube oʻzbek auditoriyasi uchun kanal mualliflarini moddiy pul bilan taʼminlashni toʻxtatgan.
YouTube bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermagan boʻlsa-da, bunga sabab boʻladigan bir qancha sabablarni taxmin qilsak boʻladi: Bu taxminlarning eng asosiysi YouTube Oʻzbekistonda rasmiy faoliyat yuritmasligi.
Bu degani, YouTube rasman faoliyat yurituvchi davlatlarda, blogerlarga qoʻshimcha imkoniyatlar: YouTube Premium (homiylik modullari) va YouTube.Music platformasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ammo Oʻzbekistonda avval ham, hozir ham ushbu xizmatlar ishlamagan. Endi boʻlsa, reklamadan daromad olish ham ishlamayapti.
Albatta Oʻzbekistonning masʼul shaxslarining va YouTubeʼning bu boradagi rasmiy bayonotini kutib qolamiz 😊
Bu holat boʻyicha sizning fikringiz qanday?