O’qish jarayonini qiziqarli qilsa bo’ladimi?
– Ha albatta bo’ladi. O’qish jarayonini juda ham qiziqarli qilishning 3 usuli bor.
Kitob o’qish foydali ekanligini bilsak ham ba’zan bizga eng kuchli motivatsiya ham yordam bera olmaydi.
Deni Didro aytganidek: «Kitob o’qishdan to’xtagan inson, fikrlashdan ham to’xtaydi».
– O’zingizni taqdirlang! Ichki motivatsiya yetishmagan vaqtda bizga tashqi motivatsiya yordamga keladi. Biror kitobni o’qib tugatmoqchi bo’lsangiz, o’qib tugatishingiz bilan o’zingizni taqdirlash uchun biron nima o’ylab toping. Masalan, kitobdagi har bir bobni o’qib tugatsangiz o’zingizni konfet yoki boshqa shirinlik turi bilan taqdirlang, yoki, ko’chaga chiqib 5 daqiqa sayr qilish ham yaxshi sovg’a bo’lishi mumkin.
– Ruhlantiruvchi atmosfera yarating. Kitobni qorong’i xonaga berkinib olgan holda o’qish shartmas. Parkda yoki yam-yashil o’tloqda, kitob o’qishga moslashgan kafelarda o’qisa ham bo’ladi. Agar bunday joylarga borishga sharoitingiz yo’q bo’lsa, xonangizni shunday bezatingki ko’rgan odam bu xonada qandaydir daho yoki malika yashasa kerak deb o’ylasin. Bunday sharoitda hammaning kitob o’qigisi keladi.
– Birga o’qing. Yoningizda yaxshi ko’rgan insoningiz bo’lsa har qanday qiyinchilikni, xatto kitob o’qishday murakkab ishni ham bajara olasiz, ishoning. Har qanday qiyin ishni do’stlar davrasida, birgalikda bajarish maroqli. Ular sizga kuch berishadi. Keyin bahonalaringiz do’stlarga o’tmaydi:)