Kopirayting nima yoxud qanday soha?

Kopirayting nima yoxud qanday soha?


Kopirayting bu — marketing olamida insonlarni matnlar bilan jalb qilishning orginal usuli hisoblandi. Agarda siz sotuvchi post tayyorlayotgan bo’lsangiz va post dizayni zo’r bo’lsa-yu, kpiraytingi chiroyli bo’lmasa, unday reklama postidan sizga foyda yo’q! Hozir odamlarning didlari juda nozik va ular sizdan kreativ nimadir kutadi, aslida nima kutayotganliklarini o’zlari bilishmasada!🤪


SMM da kopiraytingni o’rni qanday?


SMM da siz xoh shaxsiy, xoh koorporativ brend yuritayotganingizdan qat’iy nazar siz uning ijtimoiy tarmoqlariga kontent joylash vaqtida matnlardan foydalanasiz, ushbu matnlaning qanchalik darajada zo’r yozilgan bo’lishi va odamlarga ta’siri bu sizning yoki kopirayterning qobiliyatiga bog’liq! Demak, siz yaxshi yozasizmi yoki yo’q bu sohadan foydalanasiz! Endi esa sizga yaxshi va maqsadli yozishingiz uchun ba’zi sirlarni oshkor qilaman, ya’ni, ijtimoiy tarmoqlarga joylanuvchi matnli kontentlarning turlari (maqola turlari) ni aytib o’taman!


Siz maqola turlarini bilishdan oldin, maqolaning tarkibiy qismlarini bilishingiz lozim. Shu sabab sizga maqolaning tarkibiy qismlarini tushuntirib o’tmoqchiman! Marhamat!


Maqolaning tarkibiy qismlari:


Oddiy maqola:

1) Sarlavha;

2) Kirish qismi;

3) Asosiy qism;

4) Xulosa.


Reklama maqola:

1) Sarlavha;

2) Kirish qismi;

3) Asosiy qism;

4) Reklama;

5) Kontakt.


Maqola (post) turlari:

1.Reklama maqola;

2.Qiziqtiruvchi maqola;

3.Foydalanuvchi maqola;

4.O’rgatuvchi maqola.


👉@Farrux_Abrorkulov