Online sayti orqali IELTS imtihonlariga ro’yxatdan o’tsa bo’ladimi?

Online sayti orqali IELTS imtihonlariga ro’yxatdan o’tsa bo’ladimi?


— Ha albatta bo’ladi, Exams.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tish jarayoniga bog’liq bo’lgan maxsus qo’llanma tayyorladik.


Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagilarni bajaring:


— exams.uz saytiga kiring (1-rasm);

— Qaysi viloyatda topshirishni va joylar qolgan sanani tanlaysiz (2-rasm);

— Siz manzil va joyni tanlash sahifasiga avtomatik tarzda o’tkazilasiz (3-rasm);

— So’ng, yana bir bor bo’sh sanalardan kerakligini tanlaysiz (4-rasm);

— Saytda mavjud akkauntingizdan foydalaning. Akkaunt yo’q bo’lsa ro’yxatdan o’tishingiz so’raladi (5-rasm);

— Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritasiz (6-rasm);

— Pasport ma’lumotlaringizni rangli skanerlangan nusxasini yuklaysiz (7-rasm);

— Test natijalaringizni qaysi tashkilotlarga jo’natishni belgilaysiz (IDP tomonidan jo’natiladi, lekin majburiy emas, 8-rasm);

— Nihoyat, so’ngi sahifada jarayonning tafsilotlarni ko’rishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tganlik haqida xabar elektron pochta manziliga jo’natiladi (9-rasm);


📍Ro’yxatdan o’tish uchun batafsil ma’lumotni quyidagi havolada keltirilgan rasmlar orqali topishingiz mumkin: http://bit.ly/3aH4Ptw