Sotib olingan energetik ichimliklarning organizm uchun 4 muxim ziyoni.
Energetik ichimliklar xavfi:
1. Kofeinning ko‘p miqdori yurak va qon tomirlarida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday muammolarga quyidagilar kiradi: aritmiya, yurak urish tezligining oshishi va boshqalar.
2. Kofeindan foydalanish xavotir, uyqu muammolari, oshqozon buzilishi va suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
3. Energiya ichimligining bir qutisi tarkibida 54 dan 62 gr gacha shakar tutadi. Bu diabet va rak kabi ko‘plab jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
4. Bundan tashqari, energetik ichimliklarni kunlik iste’mol qilish organizm uchun zaruriyatga aylanishi va keyinchalik inson tanasi energetiklarsiz normal ishlay olmasligiga olib keladi.
Energiya ishlatilgandan keyin tanada qanday o‘zgarish bo‘ladi?
Barcha ichimliklarning ta’siri o‘xshash: asab, yurak-qon tomir, endokrin, ovqat hazm qilish tizimi va hatto buyraklar faoliyatini rag‘batlantirish va kuchaytirish!
Natijada:
• xotira va ishchanlik kuchayadi;
• qo‘l — oyoqlarda titroq paydo bo‘ladi;
• yurak urishi tezlashadi;
• qon bosimi ko‘tariladi;
• qonda glyukoza miqdori ko‘tariladi (tarkibidagi shakarlarni eslang?)