Ayollar jinsiy organlarining kasalliklari

Ayollar jinsiy organlarining kasalliklari

Ayollar jinsiy organlarining kasalliklari juda ko‘p va xilma-xildir, shy munosabat bilan ushbu bo‘limda ularning asosiy xillari ko‘zdan kechiriladi.


Vulva patologiyasi

Vulvada uchraydigan patologik jarayonlarni љuyidagi xillarga ajratish mumkin: yalliђlanish jarayonlari, distrofik jarayonlar, kistalar, o‘smalar.

Vulva yalliђlanishi — vulvitlar ko‘pincha љin yalliђlanishi bilan birga љo‘shil, vulvovaginit ko‘rinishida davom etib boradi va stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoљchasi, trixomonada tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan gonokokklar, oљish spiroxeta, viruslar, zamburuђlar ќam vulvovaginitnga sabab bo‘ladi. Vulva terisi va љin shilliљ pardasining zararlanishi (yorilishi, chaљalanishi, yaralanishi) vulvovaginitga yo‘l ochadi. Bachadon bo‘ynidan patologik ajralmalar kelib turishi (masalan, rak yemirilayotgan maќalda) yoki siydikning infeksiyalangan bo‘lishi ќam vulvovaginit boshlanishida ma’lum rolni o‘ynaydi. Vulvovaginit vulva ќamda љin shilliљ pardasining shishib, љizarib turishi, shuningdek yiringli yoki yiringli-seroz shilimshiљ kelib turishi bilan ta’riflanadi. Kasallik oђir o‘tganida vulva soќasida eroziyalar paydo bo‘lishi mumkin. Mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida neytrofillardan iborat infiltratsiya va shish borligi ma’lum bo‘ladi.

Vulva distrofiyasini, ќozir vulva epiteliysining tabiatan o‘sma љatoriga kirmaydigan o‘zgarishidir deb ќisoblanadi, u ikkita asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi: 1) shilliљ pardaning atrofiyaga uchrab, subepitelial fibroz (lishay skleroz) boshlanishi; 2) epiteliyda infiltratsiya boshlanib, giperkeratoz (tangachali giperplaziya) paydo bo‘lishi. Bu ikkala jarayon birga љo‘shilib davom etishi va vulva shilliљ pardasining turli љismlarini zararlantirishi mumkin.

Lishay skleroz ko‘proљ klimaks davridagi ayollarda kuzatiladi. Vulvaning shilliљ pardasigina emas, balki ќar љanday joydagi teri ќam zararlanadi. Patogenezi noma’lum. Epidermisning yupљa tortishi derma fibrozi bilan davom etib boradi, dermada mononuklearlardan iborat perivaskulyar yalliђlanish infiltratsiyasi borligini ќam topish mumkin. Zararlangan joylar oљish tusli silliљ pilakchalar yoki papulalar ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi, bular ba’zan bir-biriga љo‘shilib ketadi. Ularning yuzasi silliљ yoki pergamentga o‘xshash bo‘ladi. Vulva shilliљ pardasining ќammasi zararlanganida jinsiy lablar atrofiyalangan, љattiљ, zich bo‘lib љoladi, bu љinga kirish yo‘li torayib љolishiga olib keladi.

Vulva epiteliysining tangachali giperplaziyasi ko‘pincha giperkeratoz bilan birga davom etib boradi. Epiteliy љalinlashib, bazal va tikansimon љavatidagi ќujayralarining mitotik faolligi kuchayadi. Dermada leykotsitar infiltratsiya kuzatiladi. Vulva epiteliysi giperplaziyasining bu xili uchun ќujayralar atipiyasi xarakterli emas. Atipik epitelial ќujayralar paydo bo‘lganida buni displaziya deb aytish kerak.


Vulva o‘smalari

Vulva o‘smalari orasida kondiloma, Pejet kasalligi, karsinoma (invaziv va invazivmas karsinoma) ko‘proљ uchraydi.

Vulva kondilomasi ikkita asosiy biologik shaklga bo‘linadi: pilchirab turadigan serbar papula ko‘rinishidagi kondiloma va o‘tkir uchli kondiloma. Bularning birinchisi zaxmning ikkinchi davri uchun xarakterli bo‘lib, salgina ko‘tarilib turgan yassi tuzilma ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Bir muncha ko‘proљ uchraydigan o‘tkir uchli kondiloma papillyar tuzilishga ega bo‘lishi yoki so‘rђichsimon o‘simtalar ko‘rinishida topilishi mumkin. Vulva kondilomasi bitta yoki bir talay bo‘lishi mumkin. Diametri bir necha millimetrdan bir necha santimetrgacha yetadi, tusi љizil-pushtidan pushtinamo-jigarrang tusgacha boradi.

Mikroskopik tekshirishda giperplaziyalangan epiteliy bilan љoplangan vorsinkali biriktiruvchi to‘љima topiladi. O‘tkir uchli kondilomani ajratib turadigan eng muќim gistologik belgisi epitelial ќujayralar sitoplazmasining perinuklear vakuollanishi yadrolar polimorfizmidir (koylotsitoz). Ana shunday ќujayralarning paydo bo‘lishi ularning odam papillomasi virusi bilan infeksiyalanganligini ko‘rsatuvchi patognomonik belgi bo‘lib ќisoblanadi. O‘tkir uchli kondilomalarning paydo bo‘lishi ikkita (6 va 11) virus genotipiga boђliљ deb ќisoblanadi. Bunday virus jinsiy yo‘l bilan yuљadi, shuning uchun o‘tkir uchli kondilomalar erkaklar zakarining boshchasi va anal teshik atrofida ќam uchraydi.

Kondilomalar rak oldi jarayoni emas, lekin vulva va bachadon bo‘yni ichki epitelial raki o‘choљlari bilan birga uchrashi mumkin. Kondilomadan ajratib olingan virus genotipi rak o‘smasidan ajratib olingan virus genotipidan farљ љiladi.

Vulva Pejet kasalligi sut bezlari Pejet kasalligidan ko‘ra ancha kam uchraydi. Odatda vulvaning katta lablarida joylashgan љizil tusli zich yoki tugun-tugun tuzilma ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Yuzasi ba’zan yara bo‘lib ketgan (eroziyalangan) bo‘ladi. Pejet kasalligining patognomonik gistologik belgisi epidermis doirasida tarљoљ yoyilgan anaplastik o‘sma ќujayralaridir. Ular yakka-yakka bo‘lishi yoki kichik-kichik guruќlar ќosil љilishi mumkin. Yadrosi atrofida och tusli gardishi bo‘ladi. Bu ќujayralar uzoљ vaљt davomida epidermis doirasida turadi. Pejet ќujayralari subepitelial љavatga o‘tib ketadigan bo‘lsa (invaziya) kasallikning oљibati ancha yomonlashadi.

Vulvaning invazivmas karsinomasi yoki in situ karsinomasi. Bu o‘sma Bouen kasalligi deb ќam yuritiladi va makroskopik jiќatdan olganda teri leykoplakiyasiga yoki љizђish-љo‘nђir tusli papulaga o‘xshab ketadi, bular katta va kichik jinsiy lablarda, klitor yonida yoki perianal soќada paydo bo‘lishi mumkin. Mikroskopik tuzilishi ќar xil. Bir љancha ќollarda epiteliy ichidagi ќujayralarning bir љadar atipiyaga uchragani va epiteliyning bazal љavatida normal mitozlar soni ko‘payib љolgani ko‘zga tashlanadi. Boshљa ќollarda ќujayralar atipiyasi va anaplaziyasi keskin ifodalangan bo‘ladi. Patologik mitozlar ќam uchraydi. Lekin epitelial o‘sma ќujayralarining dermaga o‘tishi kuzatilmaydi.

Bu o‘smaning klinik kechishi, xuddi makro- va mikroskopik tuzilishi singari ќar xil. 5-10 foiz ќollarda, ayniљsa yoshi љaytib љolgan ayollarda yoki immunitet tanљisligi bo‘lgan maќallarda o‘sma xavfli tus oladi. Boshљa ќollarda љaytib ketishi ќam mumkin. Bachadon bo‘yni o‘smasining genezida bo‘lganidek, vulva o‘smasining genezida ќam oddiy gerpes virusi ma’lum rolni o‘ynaydi deb ќisoblanadi.

Vulvaning invaziv raki kamdan-kam, asosan yoshi 50 dan oshgan ayollarda uchraydi. Ko‘p ќollarda vulva kondilomalari va atrofik jarayonlari bilan birga љo‘shilib davom etib boradi. Invaziv rak aksari yassi ќujayrali rakdir. Goќo melanokarsinoma, adenokarsinoma, bazal ќujayrali rak kuzatiladi. Yassi ќujayrali rak endi boshlanib kelayotgan maќallarda bir oz ko‘tarilib turadigan kichikroљ zichlashma ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Keyinchalik shy joy yara bo‘lib ketadi. Mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida keratogialinli tikanlari bo‘lgan, yaxshi tabaљalashgan ќujayralar topiladi. Bu xildagi o‘sma ancha erta metastazlar beradi. Invaziv vulva rakining etiologiyasida oddiy gerpes virusi bilan papillomalar virusining katta aќamiyati bor deb ќisoblanadi.


Љin patologiyasi

Љin, ya’ni vaginaning yakka ќolda kasallanishi kamdan-kam uchraydi. Љinda boshlanadigan patologik jarayonlar aksari ikkilamchi tartibda avj oladi va vulva, bachadon bo‘yni, to‘ђri ichak ќamda љovuљ patologiyasi bilan boђliљ bo‘ladi. Љinning birlamchi kasalliklari jumlasiga: rnyђma aiomaliyalari, vaginit, birlamchi o‘smalarini kiritish mumkin.

Љinnning tuђma anomaliyalari ko‘p emas, ulardan љinning butunlay bo‘lmasligi (љin aplaziyasi), љin bituvi, љinning ikkita bo‘lishi va Gartner yo‘llarining kistalari bir љadar uchrab turadi.

Vaginit — ya’ni љin shilliљ pardasining yalliђlanishi — aksari chaљaloљlarda yoki vulvit bilan љo‘shilgan ќolda yosh juvonlarda uchraydi (vulvovaginit). Vaginit љo‘zђatuvchilari oddiy gerpes virusi, gonokokk, trixomonadalar, kandida, xlamidiyalardir. Vaginitda, uning sababidan љatiy nazar eritema, shilliљ pardada yuzaki eroziya kuzatiladi. Oddiy gerpes virusi tufayli boshlangan vaginitda shilliљ pardada ichi tiniљ suyuљlik bilan to‘lgan parchalar topiladi, shular yorilganida shilliљ pardada eroziyalar ќosil bo‘ladi. Zamburuђlar tufayli boshlangan vaginitlar uchun chirib tushgan sutga o‘xshash ajralma kelib turishi xarakterlidir, trixomonozda ekssudat tabiatan ko‘pikli bo‘ladi va sarђish-yashil tusi bilan ajralib turadi. Spetsifik vaginitda љin shilliљ pardasida xarakterli granulyomatoz yalliђlanish boshlanadi. Surunkali nospetsifik vaginitda shilliљ parda atrofiyasi kuzatiladi.

Љin o‘smalari, ayniљsa xavfsiz o‘smalari (fibromioma, adenoz, papilloma, gemangioma) kam uchraydi. Xavfli o‘smalaridan yassi ќujayrali rak, goќo adenokarsinoma (oљish ќujayrali adenokarsinoma) uchrab turadi. Љin o‘smalari faљat 2-3 foiz ќollardagina tabiatan birlamchi bo‘ladi va odatda љizlarda ќamda onalari ќomiladorlik maќalida dietilstilbestrol gormoni ichgan ayollarda kuzatiladi. Bu o‘sma ba’zan 30-40 yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Ikkilamchi o‘smalardan vaginada xorionepitelioma, sarkoma uchraydi.


Bachadon bo‘yni patologiyasi

Bachadon bo‘ynida ќar xil patologik jarayonlar ro‘y berishi mumkin, shulardan tuђma anomaliyalar, yalliђlanish jarayonlari va o‘smalar ko‘proљ uchrab turadi. Bachadon bo‘ynining xavfli o‘smalari 5 foiz ќollarda ayollar o‘limiga sabab bo‘lishini aytib o‘tish kerak. Bachadon bo‘ynining tuђma anomaliyaliridan uning gipoplaziyasi, ikkita bo‘lishi (bu anomaliya aksari bachadonning ikkitaligi bilan birga uchraydi), bachadon bo‘ynida to‘siљlar bo‘lishi uchrab turadi. Bundan tashљari, bachadon bo‘yni atreziyasi, stenozi ќam kuzatiladiki, bunday stenoz bachadon bo‘ynining torayib љolishiga yoki butunlay bitib ketishiga olib keladi. Bachadon bo‘ynining bitib ketishi farzand ko‘rmaslikka yo gematometriyaga sabab bo‘lishi mumkin.


Servitsit

Servitsit — bachadon bo‘yni shilliљ pardasining yalliђlanashi — spetsifik va nospetsifik xillarga bo‘linadi. Spetsifik xillariga zaxm, so‘zak, silga aloљador servitsitlar kiradi. Ko‘pincha nospetsifik servitsit uchraydi, bunga ichak tayoљchasi, streptokokklar, stafilakokklar sabab bo‘ladi. Tuђruљ maќalida, asboblar bilan tekshirish vaљtida bachadon bo‘ynining yorilishi, gipoestrogenemiya va giperestrogenemiya bachadon bo‘yni patologiyasida ma’lum aќamiyatga ega.

Nospetsifik servitsit o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir servitsitning љo‘zђatuvchisi streptokokk yoki stafilokokkdir. Bunda yalliђlanish jarayoni endotserviks shilliљ pardasining yuza љatlamlari va uning bezlarida bo‘ladi (endotservitsit). Shilliљ parda љizarib, shishib turadi.

Surunkali servitsitda jarayon ekzotserviksga ќam o‘tadi. U shilliљ pardaning salgina љizarib, shishib chiљishidan boshlanadi. Silindrsimon epiteliyning ko‘p љavatli yassi epiteliyga o‘tish joyida (bachadan bo‘yni kanalining tashљi teshigi yaљinida) shilliљ parda donador tusga kiradi. Yalliђlanish jarayoni sezilarli darajada bo‘lganida eroziyalar va yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday ќollarda o‘zgarmay turgan och pushti rangli shilliљ pardada to‘љ љizil tusli joylar ko‘zga tashlanadi. Endotserviks epiteliysi mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida polimorf yadroli leykotsitlar aralash monotsitar infiltratsiya ko‘zga tashlanadi. Mana shy yalliђlanish infiltrati bachadon bo‘yning љin љismiga o‘tishi (endotserviks) va shilimshiљ bezlariga ќam yoyilishi mumkin. Surunkali yalliђlanish uzoљ davom etganida epiteliy batamom metaplaziyaga va ќatto displaziyaga uchrashi mumkin.

Ro‘y beradigan gistologik o‘zgarishlarga љarab, eroziyalarning ikki turi tafovut љilinadi: 1) tubi granulyatsion to‘љimadan iborat bo‘lgan chin eroziya va 2) ekzotserviksning ko‘p љavatli epiteliysidagi raќnani silindrsimon epiteliy to‘ldirib turgan soxta eroziya. Ayni vaљtda bachadon bo‘yni kanalining tashљi teshigi atrofida och љizil ќalљalar ko‘zga tashlanadi (72-racm). Servitsitlar maќalida ba’zan endotservikal bezlar kengayib, suyuљ yoki kolloid suyuљlik bilan to‘lib turgan kistalar ќosil bo‘ladi (ovulla Nabothi). Boshљa eroziyalarda silindrsimon epiteliy bilan љoplangan so‘rђichsimon o‘simtalar paydo bo‘ladi. Ba’zi ќollarda eroziyalar soќasida ko‘p љavatli yassi epiteliy paydo bo‘lib, bezlarning yo‘liga kirib boradi va silindrsimon epiteliyni siљib chiљaradi, buni yanglishib, yassi ќujayrali rak deb o‘ylash mumkin. Bachadon bo‘yni shilliљ pardasining surunkali yalliђlanishida ba’zan limfoid follikulalar paydo bo‘ladi (follikulyar servitsit).

Servitsit o‘z ќolicha ќali rak oldi jarayoni deb ќisoblanmaydi, lekin epiteliy displaziyaga uchrab, unda soxta eroziyalar yuzaga kelgan bo‘lsa, buni rak oldi kasalligi deb ќisoblash mumkin. Bachadon bo‘yni shilliљ pardasining yalliђlanish tufayli bo‘rtib chiљishi natijasida yoki yorilgan joylarining chandiљ bo‘lib љolgani natijasida bachadon bo‘yni shilliљ pardasi љin bo‘shliђiga aђdarilib chiљishi mumkin, ektropion deb shuni aytiladi.


Bachadon bo‘yni o‘smalari

Bachadon bo‘yni o‘smalari juda ќar xil bo‘ladi. Biroљ, poliplar va yassi ќujayrali rak ko‘proљ uchrab turadi, ushbu bobda biz shularni ko‘rib chiљamiz.

Poliplar 2-5 foiz ќoolarda uchraydi va ba’zi-ba’zida љon ketib љolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ular odatda endotservikal kanalda yuzaga keladi. Oyoљchali bo‘lishi, diametri 3 sm gacha boradigan yarim sferik yoki sferik shakldagi tuzilma ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ba’zan bachadon kanalida paydo bo‘lib, bachadon bo‘ynining yo‘ђonlashib ketishiga yoki tashљariga chiљib љolishiga olib keladi. Poliplar yumshoљ bo‘lishi bilan ajralib turadi. Mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida fibromiksomatoz stromasi ko‘zga tashlanadi, unda kengayib ketgan endotservikal bezlar bo‘ladi. Poliplar epiteliysi silindrsimon bo‘lib, shilimshiљ ishlab chiљaradi. Surunkali yalliђlanish boshlanganida silindrsimon epiteliy ko‘p љavatli yassi epiteliyga aylanib, yara bo‘lib ketishi mumkin. Malignizatsiya ќodisasi kamdan-kam uchraydi.


Bachadon bo‘yni raki

Bachadon bo‘yni raki o‘lim sababi tariљasida ayollarda uchraydigan xavfli o‘smalar orasida 7-8 o‘rinda turadi. Bu rak invaziv yoki in situ karsinoma (joyida љolgan rak) bo‘lishi mumkin. Epiteliy ichidagi rak aksari 30 yoshlar chamasidagi ayollarda uchrasa, invaziv rak 40 yashar va bundan katta ayollarda uchraydi.

Jinsiy ќayotni barvaљt boshlash, ko‘plar bilan jinsiy aloљada bo‘lish bachadon raki boshlanish xavfini soladigan omillar bo‘lib ќisoblanadi. Ijtimoiy iљtisodiy darajasi past bo‘lgan, foќishalik keng tarљalgan mamlakatlarda bu rak ko‘proљ uchraydi. Aksari ko‘p tuљљan ayollarda, shuningdek eri xatna љilinmagan ayollarda kuzatiladi.

Etiologiyasi va patogenezi. Bachadon bo‘yni rakining paydo bo‘lish sabablari ќamon noma’lum. Ko‘pgina olimlar oddiy gerpes virusi (II tipdagi) bilan odam papillomasi virusining aќamiyati bor deb ќisoblaydi. Odam papillomasining 6 va 11 virusi genotipi tufayli paydo bo‘ladigan kondilomalar rak prekursorlari bo‘lib ќisoblanadi. Biroљ rakning rivojlanishida va displaziyada shy virusning boshљa genotiplari ќam aќamiyatga ega: 16, 18, 31. viruslar ќamisha ќam etiologik omil bo‘lavermaydi.

Rakning avj olib borishida bir nechta bosљich tafovut љilinadi. I bosљichi bachadon bo‘yni epiteliysining yengilgina displaziyasi yoki yassi kondiloma bilan ta’riflanadi. II bosљichada ќar xil kattalikda bo‘ladigan, polimorf yadroli ќujayralar paydo bo‘ladi. Lekin mitozlar odatda normal ќolda љolib, faљat bazal љavatda ko‘zga tashlanadi. O‘rtacha darajadagi displaziyaning manzarasi ana shy o‘zgarishlardan iborat bo‘ladi. Bachadon bo‘yni epiteliysining I va II bosљichlarida kuzatiladigan struktura o‘zgarishlari љaytar bo‘ladi. Rakning III bosљichida displaziya sezilarli darajaga yetib, ќujayralar atipikligi kuchayib boradi. Ular polimorf, yadrolari giperxrom bo‘ladi, epiteliy љutbliligini yo‘љotgan bo‘ladi. Ќamma ќollarda ќam normal, ќam patologik mitozlar ko‘zga tashlanadi, ular ќatto epiteliy yuza љavatining ќujayralarida ќam bo‘ladi. Lekin atipik ќujayralar stromaga o‘tmaydi, balki «joyida љolgan rak»ni ќosil љiladi (epiteliy ichidagi rak). Jarayonning keyingi IV bosљichi invaziv rak deb ќisoblanadi, uning rivojlanishi I bosљichni ќam љo‘shib ќisoblaganda bir necha yilni (10-15 yilni) tashkil etadi.

Patologik anatomiyasi. Displaziya va rak ko‘pincha silindrsimon epiteliyning ko‘p љavatli yassi epiteliyga aylanish joyida, ya’ni tashљi teshik ќalљasining atrofida paydo bo‘ladi. Epiteliy ichidagi rakni ќatto III bosљichida ќam ko‘z bilan ko‘rib, aniљlab olish љiyin. Faљat biopsiya yo‘li bilan tekshirish rakning bu turini aniљlab olishga imkon beradi.

Invaziv rak uch xil shaklda ko‘zga tashlanishi mumkin: 1) љo‘ziљorinsimon rak, 2) yara (o‘sma o‘rtasi nekrozlanishidan paydo bo‘lgan yara), 3) endofit ravishda o‘sib, pastdagi stromaga ќam kirib boradigan infiltrativ rak. Invaziv rak yaљin atrofdagi to‘љima va organlarga (serbar boylam, to‘ђri ichak, љovuљљa) o‘sib kirishi, siydik yo‘lini bekitib љo‘yishi mumkin. Keyinchalik limfogen va gematogen metastazlari paydo bo‘lib, rak paraaortal limfa tugunlari, o‘pka, suyaklar, jigarga ќam tarљalishi mumkin. Gistologik tuzilishi jiќatidan ko‘pincha (95 foiz ќollarda) bachadon bo‘ynining yassi ќujayrali raki, kamroљ ќollarda adenokarsinoma kuzatiladi.

Klinik manzarasi. Epiteliy ichidagi rakning I bosљichi simptomsiz o‘tadi va kolposkopiya maќalida ko‘zga tashlanishi mumkin. Invaziv rak ba’zi-ba’zida љindan љon kelib turishi, leykoreyeya, jinsiy aloљa maќalida oђriљ sezilishi va peshob aynashi bilan birga davom etib boradi. Paypaslab ko‘rilganida va ko‘zgu solib tekshirilganida rak borligini topish oson. Diagnozni tasdiљlash uchun biopsiya yo‘li bilan tekshirish o‘tkazish zarur.

Bachadon bo‘yni rakining maќalliy asoratlari — ikkala siydik yo‘li bosilib, bekilib љolishi, rakning љovuљ yoki to‘ђri ichakka teshib chiљishi ko‘pincha o‘limga sabab bo‘ladi. Kasallikning oљibati rakning bosљichiga va o‘z vaљtida davo љilinishiga boђliљ. Chunonchi, epiteliy ichidagi rak (O bosљichi) o‘limga to‘ђridan-to‘ђri sabab bo‘lmasa, IV bosљichida undan omon љoladiganlar 10 foizini tashkil etadi.