«Suyunchi» talab qilish qonuniymi?
— Qo’zivoy telefon topib oldi va egasiga qaytib berayotib undan suyunchi berishini so’radi va buni qonuniy ekanligini aytdi.
— Fuqarolik kodeksining 194-moddasiga asosan ashyoni topib olgan shaxs uni olishga haqli bo‘lgan shaxsdan topilma uchun ashyo qiymatining yigirma foiziga qadar miqdorida mukofot talab qilishga haqlidir.
P.S.: Demak, Qo’zivoy telefon narxining 20% miqdorida «suyunchi puli» talab qilishga haqli hisoblanadi. 😊