Diabet bilan xastalangan bemorlar davlat tomonidan qanday dori-dormonlarni bepul oladi?
Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlanish uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalingan bemorlar uchun ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga qo‘yidagilar kiradi:
Qandsiz diabetga qarshi vosita — Desmopressin / Vazopressin (Adiuretin) burun tomchilari 100 mkg/ml 5ml;
Qandli diabetga qarshi vositalar — Glibenklamid (Maninil) tabletka 1,75mg; 2,5mg; 3,5mg.; Gliklazid (Diabeton) tabletka 30mg; 60mg; 80mg.; Metformin (Siofor, Metfogamma) tabletka 500mg; 850mg; 1000mg.
Glimeperid** tabletka 1mg; 2mg. —Bu dori vositasi faqat o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, urush nogironlari va qatnashchilariga mo‘ljallangan.
@doctor_Muminov