Tiobe dasturchilar hamjamiyati 2021 yilning aprel oyi holatiga ko‘ra tillarning ommabopligi reytingini taqdim etdi.
Java tili o‘zining 5,49% ulushini yo‘qotib, ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Birinchi o‘ringa esa ellik yildan buyon ommabopligini yo‘qotmay kelayotgan S dasturlash tili chiqib olgan.
Ko‘rib turganingizdek, uchli uchlikni 2020 yilning eng yaxshi dasturlash tili deya e’tirof etilgan Python yakunlab bermoqda.
Ro‘yxatga nazar solib, qiziq holatga guvoh bo‘lish mumkin: o‘tgan asrning 50-yillari oxirida yaratilgan Fortran dasturlash tili kutilmaganda yana ommalasha boshlagan – yigirmata nomdan iborat ushbu ro‘yxatga kirib olgan. Tiobe vakillari buni ilmiy hisob-kitoblarga bo‘lgan talabning o‘sgani bilan bog‘lashmoqda.
IBM tomonidan yaratilgan Fortran dunyoda birinchi tijoriy dasturlash tili bo‘lib, assembler tiliga muqobil sifatida maydonga tushgan. 2002 yili u ommaboplik reytingida 10-o‘ringa chiqqan, lekin shundan so‘ng urfdan qolib, yaqinlargacha 34-o‘rinda edi.
Java virtual mashinasi (JVM)da ishlovchi Groovy dasturlash tilining ham ommabopligi oshib bormoqda. O‘tgan bir yil mobaynida u 48-o‘rindan 17-pog‘onagacha ko‘tarilib olgan.
Objective-C dasturlash tili esa eng ommaboplar yigirmataligini tark etgan.
Manba: www.Terabayt.uz