1-Aprelga hazil gaplar, qiziqarli so’zlar

— Eng yomon holatga tayyor bo‘lib turing!

— Do‘xtir, men o‘lamanmi?

— Yo‘q, sizga juda qimmat turadigan dori yozib berayapman!


Narkoman nasha chekib, kayf qilmoqda: — Uh, uchayapman, mazza! Uning yoniga piyonista kelibdi: — Qani, bu yoqqa ol-chi, men ham bir uchay! — Mana, marhamat! Piyonista tortib ko‘ribdi: — Uchmayapman-ku, galvars! — Sudralib yuruvchi bo‘lib tug‘ilgan jonzot hech qachon ucha olmaydi!


DAN xodimi mashinani to‘xtatibdi:

— Taqiqlovchi yo‘l belgisini ko‘rmayapsizmi?

Bu ko‘chadan faqat bitta yo‘nalishda yurish mumkin!

Haydovchi:

— Nima, men ikkita yo‘nalishda yurayapmanmi?


Boltavoydan so‘rashibdi:

— Senda oltita olma bor. Yarmisini ukangga bersang senda nechta olma qoladi?

Boltavoy:

— Besh yarimta.


Bir odam do‘xtir huzuriga kelibdi:

— Do‘xtir, eshshakdek ishlayman, cho‘chqadek ovqatlanaman, itday charchayman, nima qilishim kerak?

— Menga emas, dardingizni veterinarga ayting!


Ichgandan so‘ng notanish ayol bilan uyg‘ondingizmi?

Undan ismini so‘rang?

Agar shapaloq yesangiz, demak u xotiningiz!