Tan olingan va olinmagan Qrim. Rossiya nima yuttiyu nima yutqazdi?
Tan olingan va olinmagan Qrim. Rossiya nima yuttiyu nima yutqazdi?
2014-yil 17-mart kuni Qrim parlamenti mustaqillik eʼlon qilib, 18-martdan Rossiya tarkibiga qoʻshilgan edi. 7 yil boʻlgan boʻsada BMT, Yevropa ittifoqi, AQSH va koʻplab boshqa mamlakatlar bu jarayonni noqonuniy deb hisoblashmoqda va sanksiyalar eʼlon qilishdi.
Yetti yillik vaqt davomida Rossiya Qrimni rivojlantirish uchun katta mablagʻlar sarfladi va “Erkin iqtisodiy zona” qilishi natijasida Qrim iqtisodiyoti 2,5 barobarga koʻtarildi va umumiy yillik daromadi $1 mlrd dan $2,5-$3 mlrd ga yetdi.
Bloomberg Iqtisodiyot tahlilchilariga asoslanib, Qrim qoʻshib olingan 5 yil ichida Rossiya iqtisodiyoti 2013-yilga nisbatan 10 foizdan koʻproqqa yoki $150 mlrd ga qisqarganini taʼkidlamoqda. Bu neft narxlarining pasayishi bilan bogʻliq, ammo buning ichiga Qrim uchun sanksiyalarning ham taʼsiri bor.