IT da Ingliz tili qanchalik muhim?

IT da Ingliz tili qanchalik muhim?


Qisqa javob: Juda ham muhim!


Uzun javob: Sohadagi yuqori sifatli qoʻllanmalar asosan Ingliz tilida boʻlganligi sabablik, doimo oʻz ustingizda ishlab eng soʻngi IT trendlari bilan hamnafas boʻlish uchun Ingliz tili kerak boʻladi. Undan tashqari, agar jahon bozorida mijozlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlsangiz Ingliz tilining roʻli beqiyos.


Bonus javob: Washington Universiteti olimlari o’tkazgan izlanishlar shuni koʻrsatadiki, chet tilini oʻrgangan inson miyasida paydo boʻlgan koʻnikma va o’zgarishlar unga IT sohasini, ayniqsa dasturlash tillarini oson oʻzlashtirishga yordam beradi.


Doʻstlar, xullas Ingliz tilini hech-boʻlmasa oz-moz bilishingiz kerak. Boʻlmasa IT sohasida bamisoli qanotsiz qushdeksiz, chunki birgina Oʻzbek tili bilan baland parvozlar qila olmaysiz.


Muallif: Zafarbek Ibrohimov