Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.Avvalo, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida dam olish kunlarida alohida o‘zgarish bo‘lmaydi va quyidagicha tartibga solinadi:6 mart – shanba (faqat 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun ish kuni);7 mart – yakshanba (barcha uchun dam olish kuni);8 mart – (bayram, barcha uchun dam olish kuni).Ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar Navro‘z bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:20 mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);21 mart – yakshanba (Navro‘z bayrami);22 mart – dushanba (27 mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan – barcha xodimlar uchun dam olish kuni).27 mart – shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi. Boshqa mavzular 80 1 2 3 4 5 Жалоба 4 0 20-12-2023, 23:00