Qanday qilib fikr (diqqat) ni bir joyga jamlash mumkin?

Qanday qilib fikr (diqqat) ni bir joyga jamlash mumkin?


Javonni yig‘ishtirish

Kiyim, idish, kitob… buyum saqlanadigan istalgan javonni yig‘ishtiring. Masalan, kitoblarni mavzusiga, kiyimlarni mavsumiga ko‘ra taxlab chiqing. Hatto mayda-chuydalar saqlanadigan qutini tartibga keltirish ham diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi.


Mosh va guruchni ajrating

Masalan, ikki xil donni aralashtirib, keyin ularni yana ajratib chiqish miya faoliyatini yaxshilaydi.


Xattotlik

Biror kitobning istalgan betini oching va toza qog‘ozga uni chiroyli qilib ko‘chiring. Bunda matnning mazmuniga ahamiyat berish shart emas. Muhimi, harflar tekis va chiroyli chiqsa bo‘ldi. Psixologlarning fikricha, diqqatni bir joyga jamlash uchun 7-10 qog‘oz yozish kifoya.


Idishlarni yuving

«Detektiv asarlarimdagi syujetlar eng yomon ko‘rgan ishim — idish yuvayotganda xayolimga kelgan», degan edi Agata Kristi. Idish yuvish miya faoliyatini yaxshilashini zamonaviy tibbiyot ham isbotladi.

© Zamin uz