Dasturlashni o’rganish qiyin(mi)?

??‍? Dasturlashni o’rganish qiyin(mi)?


Aslida hamma narsa odamning o’ziga bog’liq. Agar u sabr-toqat bilan o’rgansa, xohlagan narsani o’rganadi. Boshida unga qiyin va zerikarli tuyulsa, u o’sha darajda qolib ketadi. Bu xuddi zinadek — mashaqqat bilan yuqoriga chiqsang marraga yetasan, boshida charchab, dangasalik qilsang qolib ketasan.


Dasturlashni qanday tez va sifatli o’rganish mumkin?

Eng yaxshi yo’l — interval takrorlash va praktika. Bu qanday ishlaydi? Masalan, siz bugun dasturlash tilida o’zgaruvchilar bilan tanishdingiz. Bu narsani o’sha payti praktika qiling, ya’ni birortda mini-dastur tuzing. Nazariya qismini esa 6 soatdan keyin takrorlang. Agar bu amaliyotga tushunmasangiz, real misol keltirib o’tamiz:


O’zgaruvchilar haqida. Masalan, Python tilida:


yosh = 26

name = Abdusattor


yosh butun qiymatdagi sonlarni qabul qiladi. name esa «string» turdagi ma’lumotni qabul qiladi. Bu nazariya qismi. Endi esa 2 qatorli kodga qo’shimcha kiritib, biror dastur tuzing.


Masalan:


yosh = 26

name = «Abdusattor»

print(«Mening ismim «, name, «, mening yoshim «, yosh)


Har safar biror kurs ko’rganingizda, shunday qiling. Nazariya qismini interval oralig’ida takrorlang, praktikani ham interval orqali qilib turing. Shu tariqa xohlagan tilni professional (https://i.imgur.com/glqV9N3.jpg)darajada o’rganasiz.


Agar self-study, ya’ni o’zingizni o’zingiz o’qita olmasangiz, sizni Najot Ta’lim (http://t.me/najottalim)da yaxshi o’qitishadi (http://t.me/itechmedia):)