O‘qituvchi pedkadr.tdi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tolmasa, nima bo‘ladi?

O‘qituvchi pedkadr.tdi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tolmasa, nima bo‘ladi?


✅ Repetitsiya jarayonida ro‘yxatdan o‘ta olmasangiz bu muammo emas, lekin asosiy jarayonlarda ro‘yxatdan o‘ta olmasangiz u holda malaka toifasini olish uchun o‘tkaziladigan Attestatsiyada ishtirok eta olmaysiz.


📌Ro‘yxatdan o‘zingiz mustaqil ravishda o‘tishda qiynalayotgan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tishning asosiy jarayonlarida, ya’ni yanvar-fevral oylarida Davlat xizmatlari markaziga borishingiz mumkin.


U yerda mas’ul xodimlar Sizga ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborishingizda amaliy yordam berishadi.


📌Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid yangiliklarni Ta’lim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali kuzatib borishingiz mumkin.


Ta’lim inspeksiyasi