Xonadon namligi qay darajada bo‘lishi kerak?

❓Xonadon namligi qay darajada bo‘lishi kerak?


?Xonadagi (https://cdn.lifehacker.ru/wp-content/uploads/2020/01/air_1580477521-1140×570.jpg)normal namlik 40 — 60 foizni tashkil etishi kerak. Namlik darajasi 42-48 foizgacha bo‘lsa, inson osongina stressga chidaydi. Namlik ko‘tarilganda yoki tushganda esa bu holat og‘irlashadi.


❓Yuqori namlik darajasi nimasi bilan xavfli?


?Allergik reaksiyalar xavfi ortadi. Allergiya keltirib chiqaradigan chang va zamburug‘ (mog‘or) nisbiy namlik 80 foizga yetganda rivojlanadi.


?Toksik bug‘lar ko‘proq ajraladi. Namlik qancha yuqori bo‘lsa, uy qurilishida ishlatilgan materiallar (laminat, izolyatsion material, DSP)dan toksik gaz — formaldegid ajralib chiqadi.


❓Past darajali namlik nimasi bilan xavfli?


?Ko‘z va burun shilliq pardalari quriydi. Burundagi quruqlik mahalliy immunitetni pasaytiradi va nafas olish yo‘llari infeksiyasini yuqtirish xavfini oshiradi. Ko‘zlarning quruqligi «quruq ko‘zlar sindromi»ga olib keladi.