BOLANI 7 QADAMDA TUVAKKA (GORSHOKKA) OʻRGATISH

BOLANI 7 QADAMDA TUVAKKA (GORSHOKKA) OʻRGATISH:

1. Bolangiz gorshokka o’tirishga tayyor ekanligiga amin bo’ling.Gorshokka o’rganish, bola rivojlanishidagi yangi bir bosqichdir. Qanday bo’lmasin, yangi bosqichdan o’tish bolada ma’lum bir psixologik va jismoniy o’zgarishlarni namoyon etadi. Bola turmush tarziga yangilik kiritayotganingizda avallambor uning o’ziga qarang. Bola bunga tayyormi, yoʻqmi? Gorshokka tayor bo’lganini quyidagilardan aniqlashimiz mumkin:

— bola sizning hojatga borishingizni ko’rsatadi;

— qorni ochganligi to’g’risida so’z bilan xabar bera oladi;

— «koptokni olib kel» kabi oddiy talablarni tushuna oladi;

— pampersi toʻlib qolganida, g’ashiga tegayotganini bildiradi (yechishni xohlaydi, pampersiga sizni nazaringizni qaratadi)

— gorshokda o’zi o’tira oladi;

— 3 soatcha quruq yurishi mumkin;

— o’z jinsiy a’zolarini o’rganadi.

Davomi bor…