8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbirsenariysiTadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizgabag’ishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek, siyosiyadabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlariko’rgazmasi tashkil etilgan.(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kechaqatnashchilari chiqadi).1-boshlovchi — Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud,Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.2-boshlovchi:-O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang borMADHIYA YANGRAYDI1-boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!2-boshlovchi: Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,Zamon zayli bilan o’zgardi inson.O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!“Assalom “ qo`shig`i1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugunqomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafigaega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling2 –boshlovchiBaxtiyorman hur elimningAdolatli shioridan,Xalqim dildan ulug’lagan,Tafakkuri, qaroridan.Qoyil qolsin ro’yi zamin,Odillikdan, adolatdan.O`quvchi-ShahzodaMana, ko’ring, havas qiling,Unib o’sgan hidoyatdan.Saodatli elga baxt yor,Iymonu e’tiqodim bor.Munisgina onam kabi,Istiqlolim baxtimga yor.bo’ldi.O’zbekiston- ozod ,hur Vatan!Quchoqlari to’la nur Vatan!Istiqloling abadiy bo’lsin,Dunyolar turguncha tur,Vatan!2-o’quvchi: 1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.Toabad istiqlol oftobi kulsin.Mustaqillik berdi bizga saodat,Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.“Mustaqil Vatan “ qo`shig`i3-o’quvchi: 1992-yil 2-mart O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabulqilindi.Sen ham endi tenglar ichida tengsan,Bag’ri butun yurtsan va bag’rikengsan.Sendek xalqimning ham bag’ributundir,Dunyo binosida bitta ustundir.Millatlar uyida barcha qatoriUning xos o’rni bor- qatorda nori4-o’quvchi:Yaxshilar tufayli ozod diyorim,Ozodlik tufayli obod diyorim,Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.Ulusning oriyu nomusidir u .Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.Konstitutsiyamiz nodir chinakamU biz uchun eng oliy hakam!1-boshlovchi: Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qaydetganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagig’oya va printsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asosqilib olingan.2-boshlovchi: Asosiy Qomusimizda xalq hokimiyatining real omillariko’rsatib berilgan. CHunki hammamizga ma’lumki, davlatimizda amalgaoshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarninghammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yopyg’ bo’lishiningnegizini tashkil etadi.5-o’quvchi: 1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. DavlatningO’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradiKarnay-surnay ovoz berdi jahonga,Jahonni qaratdi O’zbekistonga.Temurning ruhiga qilib qasamyod,Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,Dilida xalqiga chuqur ehtiromHech hazon bo’lmasin biz kezganchaman,Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.6-o’quvchi:Marifat bo’stoni ezgu dostoni,Dostligu tinchlikning metinqo’rg’oni,Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.Ey obod diyorim O’zbekistoni!“ Do`ppi tikdim” raqs7-o’quvchi: 3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat vama’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlariningtiziminibelgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonningdavlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.Dunyo xaritasin bezab shersimon,Qulochini yoydi hur O’zbekiston.Xaritaga soling diqat nazarin,Ko’ring, havas qiling yurtimmanzarin.U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.Istibdod zanjirin uzib batamom,O’zligin olamga etdi namoyon.Ozod nafas oldi bu jaho aro,Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.8-o’quvchi: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat vaelatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi,ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.Shu tilda Temur boboLashkarga buyruq bergan .Navoiy tuzgan navo,Bobur gavharlar tergan“Til- xalqning shavkat- shoni”,Bu bobolar kalomiOna tilim unvoni Davlat tili maqomi9-o’quvchi: 5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’zdavlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.Olam ahli bilan qilib barobar,Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.Chiqardi millatlar uyin to’riga,Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.Mulki jahon bayroqlari qatori,Shula sochdi bayrog’imiz sharori.Olam aro madhiyamiz yangradi,Eshitganki, kishi joni yayradi.Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!“Yurt bayrog`i” qoshig`i10-o’quvchi: 6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkentshahri.Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim,Tarixda nomi Choch, gohiShoshkentim!Binkentu, Banokat, ko’zi yoshkentim,Egilgan, sinmagan, boshiToshkentim!11-o’quvchi: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.Adolatning qo’yib tamal toshini, Yo’lboshchi ko’tardi xalqningboshini.U tinim bilmasdan ishladi shoyon.Konstitutsiyaga fido qildi jon.Birnchi o’ringa qo’yib insonni,Inson sharafiga baxsh etdi jonni.Qonunlar insonga qilmasa xizmat,Qonunlar insonni etmasa izzat.Qonun emas, dedi undayin qonun,Qonunda Insondir zori Humoyun.Davlatning sharafi, shoni insondir,Tanasi, yuragi, joni insondir.12-o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega,amaldagikonstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilanganboshqacheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqatdavlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilancheklanishi mumkinFikrlash, so’z, e’tiqodErkinligi bor bizda.Tafakkur , erkin ijodJo’sh urar qonimizda.“Avval o’yla”, deganlarFikrlaymiz o’ylaymiz.So’zga navbat kelgandaOdob bilan so’zlaymiz.13-o’quvchi: 31-modda: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har birinson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligihuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.Tiklandi iftixor va milliy g’urur,Endi o’zbekman deb ayturmizmag’rur.Tiklandi an’ana, urf-odatimiz,Tiklandi qadriyat tarix va moziy,E’tiqod, din-iymon, ilmiy ilohiy.“Andijon polkasi” raqs14-o’quvchi: 40-modda. Har bir inson malakali Tibbiy xizmatdan foydalanishhuquqiga ega.Betob bo’lib , botib g’amga,Yotib qolsknogahon.Shifokorlar tez yordamgaYetib kelar shu zamon.Malakali tibbiy xizmatKo’rsatadi shifokorElga xizmat – oily himmatSahna ko`rinishi13-o’quvchi: 41-modda: Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiyta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.Ilmli kishini qadrlar zamon.Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,Ilm bilan bezar umrini bashar.Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,Ilm bilan bezar umrini basharUmri oqibatda topgaydir qadr,Ilmdan yaratdi eng oliy qasr.14-o’quvchi: 2004-yil 22-may “2004-2009-yillarda maktab ta’liminirivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. 2017yil 15 martda “Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizom” qabul qilindi.15-o’quvchi: 49-modda Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy vamadaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlatmuhofazasidadirObidalar, qo`lyozmalarHam osori atiqa,Bobolardan xabar berar,Har nafas,har daqiqa.Yodgorlikni asrar bo`lsangAsraganday ko`zingni,Shunda saqlab qolajaksanKelajakni, o`zingni16-o’quvchi: 50-modda Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkoronamunosabatda bo`lishga majburdirlarBugun ekkan qalamchangKa-a-tta terak bo`ladi.Faqat uni avaylabAsrash kerak bo`ladiTog` go`zal, o`tloq go`zal,Sevamiz gulatrini.Esda tutaylik, do`stlar,Tabiatning qadriniKamalak” qo`shig`i yangraydi17-o’quvchi: 55- modda Yer,yer osti boyliklari , suv, o`simlik va hayvonotdunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilonafoydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.Yer,yer osti boyliklar,Suv, o`simlik dunyosi-Umummilliy xazina,Topilmaydi qiyosi.Qanoat, insof darkor,Tagi mo`l bo`lgan bilan,Kelajakning haqqi bor,Oqilona foydalan!18-o’quvchi: 64-modda: Ota- onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadarboqish va tarbiyalashga majburdilar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va otaonalariningvasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash vao`qishni ta`minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarnirag`batlantiradi.Ko`zlarida mehr bor, so`zlarida sehr bor,Beshik ustida bedor- mehribon onaizor.Oq yuvib, oq taragan, yo`limizga qaragan,Ko`nglimizga qaragan- mehribon onaizor.Ota-oila suyanchi,tog`dek ulug` tayanchi,Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor,Sog`-salomat yursinlar, kamolimiz ko`rsinlar,Ertaga ham bo`lsinlar baxtimizdan baxtiyor19- o`quvchi: 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z otaonalarihaqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlarJonajon onajon!Mehribon otajon!Siz hayot ferdingiz,Bol, novvot berdingiz.Quyoshim, oyimsiz,Bor bo`ling doim Siz!Ulg`ayib albatta,Bir umr xizmatdaBo`lamiz begumon,Otajon, onajon“Tinchlik bo`lsin” qo`shig`i20- o`quvchi: 68- modda O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar,shaharlar, qishloqlar, qvullar, shuningdek Qoraqalpog`iston RespublikasidaniboratViloyatlar, tumanlar,Shaharlar, shaharchalar,Qishloqlar-unovullar vaQoraqalpog`iston-Bari-bari jam bo`lib,O`zbekiston atalar ,Shunday gul-chechaklardanYaralgan go`zal bo`ston!1-boshlovchi: Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan, ilg’or vatakomillashgan Qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiyqonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlabchiqilishi, mamlakatda amal qilinishi2-boshlovchi: Ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurtdoshlarimizningertangi kuni porloqligidan dalolat beradi. U mustaqillik,ozodlik va xalqparvarlik g’oyalari bilan sug’orilib, kelajakdaO’zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga kodirdir.Aql Adolatni etur ustuvor.Adolatli jamiyatga berganda baxoQomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,Bizni chorlamoqda haq ahillikka.“Xorazmcha “ raqs1-boshlovchi: Mana O`zbekiston Respublikasining 25 yilligi munosabatigabag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetib bormoqda2 boshlovchi: Hozirgi so`zni maktabimiz rahbari Muborak opaInoyatxodjayevaga beramiz.1 boshlovchi: Тенгларнинг ичида бугун тенг ўзим,Жаҳоний тўнларга ёқа, енг ўзим,Дунёлар бағримда, бағри кенг ўзим,2-boshlovchi:Эй, менинг ўзлигим — ғypyp, номусим,Конституциям — олий Қомусим.Aqlga tayangan Qomusimiz bor,“Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston” qo`shig`i Darsliklar 20 1 2 3 4 5 Жалоба 7 0 5-02-2024, 13:20